OCHL-2018. "Nasaf" ertaga ko'k libosda maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2018, 14:06
Avval xabar berganimizdek, bugun “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi.

Mitingda bir qator tashkiliy masalalar qatori, ertaga bo'ladigan “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritildi.

Demak, ertaga jamoa futbolchilari  ko'k  rangli liboslarda maydonga tushadi. Eronning   “Persepolis” jamoasi futbolchilari esa, qizil rangli liboslarda maydonda harakat qilishadi.

Eslatib o'tamiz, OCHL-2018 5-tur doirasidagi “Nasaf” – “Persepolis” uchrashuvi ertaga, 2 aprel dushanba kuni, “Markaziy” stadionda soat 19:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz