So’nggi yangiliklar

07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  1 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  6 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4

OCHL-2018. "Lokomotiv" bo'lajak "janglar"ga tayyormi? Yangiliklar

OCHL-2018. "Lokomotiv" bo'lajak "janglar"ga tayyormi?

Teglar :  OCHL-2018Lokomotiv
2018 yil futbolimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Dastlab Xitoy maydonlarida U-23 terma jamoamiz tarixiy g'alabani qo'lga kiritgan bo'lsa, keyin Qarshining "Nasaf" klubi OCHL guruh bosqichiga yo'llanmaga ega chiqdi.

To'g'ri, Toshkentning "Paxtakor" klubi ham guruh bosqichiga yo'l olganda baxtimiz to'kis bo'lar edi, lekin nachora, SH.Arveladze shogirdlari o'z xatolari evaziga Sneyder va Taremisi bo'lgan "Al-Garafa" to'sig'idan o'ta olmadi. Navbat mamlakatning amaldagi chempioni va kubok sohibi "Lokomotiv"ga. M.Yelichich shogirdlari uchun masuliyatli palla boshlanmoqda. Xo'sh, "temiryo'lchilar" bo'lajak bahslarga, umuman boshlanajak yangi mavsumga qanday hozirlik ko'rishdi? Jamoa tarkibiga kimlar keldiyu, kimlar tark etdi? Jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar nimalardan iborat? Keling, qo'yida shu va boshqa savollarga javob topishga urinib ko'ramiz.0

Tayyorgarlik haqida. 2017 yilgi mavsumni hammadan keyin yakunlagan "temiryo'lchilar" so'nggi o'yinini 4-dekabr kuni mamlakat kubogi finalida Toshkentning boshqa bir jamoasi "Bunyodkor" bilan maydonga tushib 1:0 hisobida g'alaba qozongan holda, "oltin dubl" sohibi sifatida tatilga yo'l olgan edi.  

24 dekabr kuniga qadar dam olgan Mirko Yelichich shogirdlari shu kuniyoq yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlashdi va 9-yanvarga qadar Toshkentda shug'ullanishdi. Dastlabki yig'inni jamoa azolari A.Miklyaev boshchiligida olib bordi. 6-yanvar kuni jamoa azolari PFL tomonidan tashkil etilgan test-sinovlaridan o'tishdi. Birinchi yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilmadi. Toshkentdagi yig'inda murabbiylar shtabining asosiy etibori futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratildi.

Tayyorgarlikning ikkinchi qismi 9-23 yanvar kunlari BAAning Dubay shahrida tashkil etildi va uning doirasida 4ta nazorat bellashuvi tashkil etildi. Dastlab, 14 yanvar kuni SHotlandiyaning eng nomdor jamoalaridan biri, SHotland Primiershipining o'tgan mavsumida kumush medallariga ega chiqqan "Aberdin" klubini 2:0 (gol mualliflari I.To'xtaho'jaev va SH.Karimov) hisobida mag'lub etgan M.Yelichich shogirdlari, 19 yanvarda Rossiya Premer ligasi vakili "Rubin" klubiga qarshi maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o'ynadi. Dubay yig'ini doirasidagi uchinchi raqib Rossiyaning yana bir kuchli jamoasi "Krasnodar" klubi bo'ldi. 22-yanvar kuni bo'lib o'tgan o'yinda 2:1 hisobida "rus buqalari"ning qo'li baland keldi "Lokomotiv" tomonidan kiritilgan javob to'pi muallifi jamoaning yangi azosi SHerzod Karimov hisobiga yozildi.      

BAA yig'inidan qaytib kelgan jamoa 26-yanvar va 5-fevral oralig'ida Turikiyaning Belek shahridi jamoaning uchinchi yig'inini olib bordi. Mazkur yig'in doirasida ham bir nechta nazorat uchrashuvlari tashkil etildi. Dastlab, 29-yanvar kuni Bolgariyaning chempionatida 7-o'rinda borayotgan "CHerno more" klubiga qarshi maydonga tushgan "temiryo'lchilar" 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi. Turkiyadagi ikkinchi raqib sifatida Armanistonning so'nggi ikki yildagi chempioni "Alashkert" tanlandi va qiziqarli kechgan bahsda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. "Temiryo'lchilar"ning bu safargi goliga I.Aliboev mualliflik qildi. Va nihoyat 4-fevral kuni jamoa Turkiya yig'inidagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida Ukrainaning "Oleksandriya" jamoasiga qarshi maydonga tushib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur bahsda S.SHoahmedov dubl qayd etgan bo'lsa, jamoaning yangi azosi I.Yelich hisobiga bitta gol yozildi.

5 fevralda Toshkentga qaytib kelgan jamoa vakillari ikki kunlik tatildan so'ng, yani 7-fevraldan boshlab mavsumning dastlabki rasmiy bellashuviga qizg'in hozirlikni boshlab yubordi. Xabaringiz bor, "temiryo'lchilar" OCHL-2018 doirasidagi dastlabki o'yinni 12-fevral kuni Toshkentda BAAning "Al-Vahda" jamoasini qabul qiladi.

Transfer siyosati. Jamoaga qo'shilgan futbolchilar. Aytish lozimki, "temiryo'lchilar" yangi mavsumga hozirlik ko'rish mobaynida mavjud tarkib asosini saqlab qolish bilan birga, boshlanajak mavsumda o'zi ishtirok etadigan turnirlarning barchasida g'olib bo'lish maqsadida, o'z tarkibini yanada kuchaytirish borasida ish olib bordi. Dastlab, "Olmaliq"da muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazgan serbiyalik yarim himoyachi Igor Yelich va "Paxtakor"ga kerak bo'lmay qolgan iqtidorli yarim himoyachi SHerzod Karimovlar bilan shartnoma imzolagan "Loko", keyinchalik, so'nggi yillarda Serbiya chempionatida faoliyat olib borgan hamyurtimiz hujumkor yarim himoyachi Husniddin G'ofurovni yurtimizga qaytarib, u bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. OCHL uchun belgilangan "3+1" limitidan to'liq foydalanishni maqsad qilgan "Loko" navbati bilan Janubiy koreyalik hujumchi CHo Suk Jae va braziliyalik hujumchi Nivaldo Rodrigech Ferreyra bilan shartnoma imzoladi. Yangi "termiryo'lchi"ga aylangan CHo Suk Jae bungacha "CHonbuk Motors", "CHonnam Dragons" hamda "Anyang" klublari sharafini ham himoya qilgan. Braziliyalik Nivaldo esa shu paytgacha Braziliyaning "Baraunas", Qozog'istonning "Atirau", Rossiyaning "Sibir", "Luch Energiya" va Belorussiyaning “Gomel” hamda "Dinamo Brest" jamoalari safida faoliyat olib borgan. OCHL bahslariga ozgina vaqt qolganda jamoa vakillari transfer oynasidagi eng shov-shuvli transferni amalga oshirdi. "Al-Jazira"da ishlari yurishmagan va Franciyaning "Renn" klubiga o'tishi kutilayotgan hamyurtimiz Sardor Rashidov jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Jamoani tark etgan futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak, dastlab jamoa lagerini klub bilan shartnomasi yakuniga etgan Bobir Davlatov, Muhammad Kone va Olabirang Blessing Muyivalar tark etganini takidlash lozim. Keyingi ketish SHerzod Fayziev chekiga tushdi. Aytish kerakki, Muhammad Koneni hisobga olmasa jamoani tark etgan futbolchilar "temiryo'lchilar" uchun katta yo'qotish hisoblanmaydi. Ustiga ustak, o'sha Kone o'rni munosib to'ldirildi.  

Raqib haqida. "Lokomotiv"ning guruh bosqichidagi dastlabki raqibi BAAning "Al-Vahda" klubi - Abu Dabi sharafini himoya qiladi va 1974 yil tashkil etilgan. BAA yuqori ligasi ishtirokchisi. Tarkibda yulduz o'yinchilardan Murod Batna (Marokash), Balaj Djudjak (Vengriya), Lim CHang Vu (J.Koreya) va Sebastyan Tagliabue (Argentina) bor. SHuningdek, mahalliy Ismoil Matarni ham aldohida takidlab o'tish mumkin.

BAA chempionatida 16-turdan keyin 11 ta g'alaba, 3 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etib, 36 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan "Al-Vahda" peshqadam "Al-Ayn"dan bor yo'g'i 2 ochko ortda bormoqda. Raqiblar darvozasiga 37 ta to'p kiritgan Abu Dabiliklar o'z darvozasidan 16 ta gol o'tkazib yuborgan. Jamoaning 16 ta o'yinda 16 ta gol o'tkazgani ham uning himoyasi qanday kuchga ega ekanligini ko'rsatib turibdi. Aytish kerakki, jamoaning to'p o'tkazib yuborish bo'yicha ko'rsatayotgan natijasi musobaqa peshqadami "Al-Ayn" bilan bir xil. Jamoa to'purari argentinalik hujumchi Sebastyan Tagliabue hisoblanadi. Uning hisobida hozircha 14 ta gol mavjud va chempionat to'purarlari poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoadagi ikkinchi to'purar maqomi marokashlik Murod Batnaga tegishli bo'lib, uning hisobida 7 ta gol mavjud. Yana bir mashhur o'yinchi Balaj Djudjak hisobida esa 4 ta gol bor. Jamoaning 25 ta goliga mualliflik qilgan bu "trio"dan faqat Djudjak Toshkentga kelgan xolos.

Yana bir etiborga molik natija sifatida, jamoaning yaqindagina BAA superkubogini qo'lga kiritganini qayd etish mumkin. BAA Pro Ligasi g'olibi hamda BAA Prezidenti kubogi sohibi o'rtasida kechgan qiziqarli bellashuvda amaldagi kubok egasi g'alaba qozondi. "Al Vahda"ga g'alaba taqdim etgan gollarga Murod Batna va Balash Djudjak mualliflik qilishdi. O'yin 2:0 hisobida "Vahda" foydasiga hal bo'ldi va ushbu klub o'z tarixida 3-marta BAA Superkubogi egasiga aylandi.

Malumot uchun aytish lozimki, jamoa OCHL-2017 da guruhda so'nggi o'rinni egallab (1 ta g'alaba, 1 ta durang va 4 ta mag'lubiyat) musobaqani tark etgan. Etiborlisi, shu vaqtga qadar "Lokomotiv" va "Al-Vahda" jamoalari OCHL doirasida birinchi marta o'zaro to'qnash keladi.

"Al-Vahda" Toshkentga kelishdan oldin 8 fevral kuni chempionat doirasida jadvalning to'qqizinchi pog'onasida borayotgan "Al-Xatta" jamoasi mehmoni bo'lib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol penaltidan urilib, u jamoa to'purari argentinalik Sebastyan Tagliabue hisobiga yozildi.

Hakamlar. 12 fevral kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida o'tadigan va 16:00da boshlanadigan bellashuvda yaponiyalik hakamlar guruhi ishlaydi. Bosh hakam - Tojo Minoru. Unga qanotlarda hamyurtlari - Ochi SHinji hamda Takagi Takumi yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini esa turkmanistonlik CHorimurot Qurbonov bajaradi. Hakamlar nazoratchisi - eronlik Enayat Masud. O'yinga komissar sifatida Gongkonglik CHan Ka CHung tayinlandi.

Umid qilamiz, bu yil OCHLda ham g'oliblikka harakat qilayotgan "Lokomotiv" vakillari dastlabki o'yinda g'alaba qozonib, musobaqani yuqori kayfiyatda boshlaydi. Barcha futbol muxlislarini mazkur uchrashuvga taklif etib qolamiz.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика