OCHL-2018. Birinchi finalda Yaponiya klubi g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2018, 13:01
Bugun Osiyo chempionlar ligasida birinchi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Yaponiyada o'tgan dastlabki finalda "Kashima Antlres" Eronning "Persepolis" klubini 2:0 hisobida taslim qildi. "Kashima"ning ikkala goli braziliyalik futbolchilar hisobiga yozildi. 

Uchrashuv oxirida "Persepolis" safida Siamak Nemati qizil kartochka oldi.

Javob uchrashuvi 10 noyabr kuni Tehronda bo'lib o'tadi.



"Kashima Antlers" - "Persepolis" 2:0
Gollar: 
Leo Da Silva 58, Serjino 70

Chetlatish: Siamak Nemati 90+2 ("Persepolis")



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia