OCHL-2017. "SHanxay SIPG" yarim finalga chiqdi
12 sen 2017 20:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/277317_original.jpg)
![](/upload/storage/277317_220.jpg)
OCHL-2017. "SHanxay SIPG" yarim finalga chiqdi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov o'ynayotgan "SHanxay SIPG" ilk o'yinda 4:0 hisobida zafar quchgandi. Bugungi javob bahsida Skolari boshchiligidagi "Guanchjou Evergrand" asosiy vaqtda 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qo'shimcha taymlarda esa 1:1 hisobi qayd etildi. OFK reglamentiga ko'ra qo'shimcha taymlarda safardagi gol qoidasi amalda bo'lmaydi. SHu bois g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda Andre Villash Boash shogirdlari omadliroq chiqishdi va yarim finalga yo'l olishdi.
"SHanxay SIPG" yarim finaldagi raqibi ertaga malum bo'ladi. Yaponiyaning ikki klubi "Urava Red Daymonds" va "Kavasaki Frontale" o'rtasidagi bahs g'olibi Xitoy klubi bilan final uchun kurashadi. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda "Kavasaki"ning qo'li baland kelgan - 3:1.
"Guanchjou Evergrand" - "SHanxay SIPG" 5:1 (penaltilar seriyasi 4:5)
Gollar: Alan de Karvalo - 21', Alan de Karvalo - 35', Pereyra Rikardo Goulart - 83', Pereyra Rikardo Goulart - 90' - Xalk - 110'
Birinchi o'yin: 0:4
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar