OCHL–2017. “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi
23 fev 2017 00:26
Yangiliklar
OCHL–2017. “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi qatarlik hakamlarga topshirildi
Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 3-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” (Eron) uchrashuviga qatarlik Fahad Jabbor Al Marri bosh hakam etib tayinlandi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Yusuf Orif Al SHamari va Juma Muhammad Al Burshaid ko'maklashadi. Zaxira hakami vazifasi ummonlik Yoqub Said Abdulloh Abdul Boqiga yuklatildi.
Uchrashuv komissari bo'lib maldivlik Ahmad SHahir ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi etib BAAlik Ali Hamad Mahdad Saif Albedvavi tayinlandi.
“Bunyodkor” va “Zob Ahan” o'rtasidagi o'yin 13 mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, OCHL–2017 “S guruhi 2-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Al-Ayn” uchrashuvini Jarred Jillett boshchiligidagi avstraliyalik hakam guruhi boshqarib boradi.
Fikrlar