OCHL–2017. “Al-Tavun” – “Lokomotiv” uchrashuvi ummonlik hakamlarga topshirildi
04 fev 2017 14:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/238782_original.jpg)
![](/upload/storage/238782_220.jpg)
OCHL–2017. “Al-Tavun” – “Lokomotiv” uchrashuvi ummonlik hakamlarga topshirildi
Osiyo CHempionlar Ligasi–2017 turniri “A” guruhi 1-turidan o'rin olgan “Al-Tavun” (Saudiya Arabistoni) – “Lokomotiv” (O'zbekiston) uchrashuvi ummonlik hakamlar brigadasiga topshirildi.
Mazkur uchrashuvga bosh hakam sifatida Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf tayinlandi. Unga qanotlarda Al-Mahayi Hamid Sulaymoy Marhun hamda Al-Amri Abu Bakar Salim Mahad yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi bahraynlik Iso Abdulla Hasan Muhammad Aliga yuklatildi.
Uchrashuv komissari – Talal Ali (Iordaniya). Hakamlar nazoratchisi vazifasini Halid Jasim Halifa Alduki Alsenaani (BAA) bajaradi.
“Al-Tavun” – “Lokomotiv” o'rtasidagi uchrashuv 20 fevral kuni Saudiya Arabistonining Burayda shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar