OCHL-2016. "SHandong Luneng" va "Seul" chorak finalda
25 may 2016 18:36
Yangiliklar
OCHL-2016. "SHandong Luneng" va "Seul" chorak finalda
"Sidney" va "SHandong Luneng" o'rtasidagi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. Bir hafta oldin Xitoydagi o'yin 1:1 hisobi bilan tugagandi. SHu bois safarda ko'proq gol urgan "SHandong Luneng" chorak finalga yo'l oldi. Ushbu bahsni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshqarib bordi.
"Seul" - "Urava Red Daymonds" uchrashuvi esa dramatik tarzda kechdi. Yaponiyadagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi o'yinning asosiy vaqtida "Seul" 1:0 hisobida g'olib bo'ldi. Qo'shimcha bo'limlarda tomonlar ikkitadan gol urishdi. OFK reglamentiga ko'ra qo'shimcha taymlarda urilgan gollarga safardagi gol qoidasi rioya qilmaydi. SHu bois jamoalar g'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda omad "Seul"ga kulib boqdi - 7:6.
1/8 final. Javob uchrashuvi
"Sidney" - "SHandong Luneng" 2:2
Gollar: ONil 2, Grant 46 - Montillo 12, Xao Junmin 90
"Seul" - "Urava Red Daymonds" 3:2 (penaltilar seriyasi 7:6)
Gollar: Damyanovich 29, Adriano 94, Go Yo Xan 120+2 - Tadanari Li 112, 115.
Kecha "CHonbuk Motors" (Janubiy Koreya), "SHanxay SIPG" (Xitoy) klublari ham chorak finalga chiqishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar