So’nggi yangiliklar

17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

OCHL-2016. "Nasaf"ning raqiblari safida qaysi legionerlar o'ynaydi? Yangiliklar

OCHL-2016. "Nasaf"ning raqiblari safida qaysi legionerlar o'ynaydi?

"Nasaf" klubi 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "Al Ayn" va "Al Ahli" klublari bilan o'ynaydi.
"Ajdarlar"ning guruhdoshlari haqida malumotlarni taqdim etamiz.

"Al Ayn" (BAA)

Klub 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasida BAA chempioni sifatida qatnashadi. Zlatko Dalich boshchilik qilayotgan jamoa bu yil 10ta o'yindan 25 ochko to'plab BAA pro ligasida peshqadam bo'lib turibdi.

"Al Ayn" 12 marta BAA chempioni, 6 marta BAA Prezidenti kubogi sohibi, 3 marta Federaciya kubogi sohibi, bir marta BAA liga kubogi sohibi, 5 marta BAA Superkubogi sohibi bo'lgan.

Jamoa safida braziliyalik Felipe Bastos, koreyalik Li Myung Ju, nigeriyalik Emmanuel Emenike va gollandiyalik Rayyan Babel kabi legionerlar o'ynashmoqda.



"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)
"Ahli" o'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o'rinni olib OCHL-2016ga yo'llanma olgan. Kristian Gross murabbiylik qilayotgan klub ayni paytda o'z milliy chempionatida 9ta o'yindan 21 ochko jamg'arib ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Al Ahli" 2 marta mamlakat chempioni, 6 marta SHaxzoda kubogi sohibi, 12 marta Qirol kubogi sohibi, 5 marta Federaciya kubogi sohibi bo'lgan. 2012 yil OCHL finaliga chiqqan.

Klub tarkibida misrlik Muhammad Abdul SHafi, shveciyalik Nabil Bahoui, greciyalik Giannis Fetfatzidis va suriyalik Omar Al Soma kabi legionerlar o'ynaydi.



"Naft Tehron" (Eron) - "Al Jayish" (Qatar)

"Naft Tehron" o'tgan yil Eron chempionatida uchinchi o'rinni olib 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasi pley-offida qatnashadi. Alirizo Mansurian boshchilik qilayotgan klub ayni paytda milliy chempionatida 12ta o'yindan 13 ochko jamg'arib 12-o'rinda bormoqda.

"Naft" 2 marta Eron vice-chempioni, 1 marta Hafzi kubogi sohibi bo'lgan.

Eron klubida ikki nafar legioner bor: Braziliyalik Karlos Santos va kamerunlik Aloys Nong.

"Al Jayish" o'tgan mavsum Qatar Yulduzlar ligasida uchinchi o'rinni olgani uchun pley-offda o'ynaydi. Sabri Lyamushi murabbiyligidagi klub ayni paytda milliy chempionatida 12ta o'yindan 23 ochko jamg'arib 2-o'rinda bormoqda.

"Jayish" 1 marta Qatar vice-chempioni, bir marta Qatar Yulduzlar kubogi va Qatar SHaxzoda kubogi sohibi bo'lgan.

Qatar klubida braziliyalik Lukas Mendes, Vagner Ribeyro va Romarino, tunislik Muhammad Matnani, marokashlik Abdulrazzoq Hamdallah va o'zbekistonlik Sardor Rashidov kabi legionerlar faoliyat olib borishmoqda.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика