OCHL-2016. Finalda Janubiy Koreya klubi o'ynaydi
14 sen 2016 18:52
Yangiliklar
OCHL-2016. Finalda Janubiy Koreya klubi o'ynaydi
Xitoyda "SHandon Luneng" klubi Janubiy Koreyaning "Seul" klubi bilan bellashdi. Dastlabki o'yinda "Seul" o'z uyida 3:1 hisobida zafar quchgandi.
Bugungi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi va Server Jeparovning sobiq klubi yarim finalga chiqdi.
Kecha sharqiy mintaqada yarim finalga yo'llanma olgan dastlabki klubi nomi malum bo'lgandi. Janubiy Koreyaning "CHonbuk Xyunday Motors" jamoasi ikki o'yin natijasiga ko'ra "SHanxay SPIG" klubini 5:0 hisobida ortda qoldirdi.
SHunday qilib, yarim finalda "CHonbuk Xyunday Motors" va "Seul" klublari o'zaro to'qnash kelishadi.
G'arbiy mintaqada yarim finalga chiqqan birinchi jamoa nomi malum - "Al Ayn". Ikkinchi yarim finalchi bugun bo'lib o'tadigan "Al Jayish" - "Al Nasr" (birinchi o'yin 3:0) o'rtasidagi o'yindan so'ng malum bo'ladi.
Yarim final bahslari 27-28 sentyabr va 18-19 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Final 19 va 26 noyabr kunlariga belgilangan.
Fikrlar