OCHL-2014da “Bunyodkor”, “Poxang Stilerz” va “Buriram Yunayted”ning maqomi yuqori
08 dek 2013 11:00
Yangiliklar

OCHL-2014da “Bunyodkor”, “Poxang Stilerz” va “Buriram Yunayted”ning maqomi yuqori
Kelayotgan fevral oyining 25-sanasida qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo CHempionlar ligasi-2014 turniri start oladi.
Musobaqani to'g'ridan-to'g'ri guruh bosiqichida boshlaydigan klublar orasida O'zbekistonning “Bunyodkor”, Janubiy Koreyaning “Poxang Stilerz” va Tailandning “Buriram Yunayted” klublari boshqalarga qaraganda, maqom jihatdan, yuqoriroq o'rinda turishibdi.
Gap shundaki, uchala klub o'z mamlakatida ham chempionlik, ham kubok sohibiga aylanishgan.
Bu borada yuqoridagi uch klub safi yana ikkitaga ortishi mumkin. Buning uchun Yaponiya J-ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan “Sanfrechche Xirosima” klubi hali poyoniga etmagan Imperator kubogini qo'lga kiritishi kerak. Hozircha bu musobaqa chorak final ostonasida turibdi. Imperator kubogini qo'lga kiritish uchun “Sanfrechche Xirosima” jamoasidan tashqari “Oita Trinita”, “Yokogama Marinos”, “Sagan Tosu”, “Kavasake Frontale”, “Vegalta Senday”, “Tokio” FK, “Ventforet Kofu” klublari davogarlik qilishmoqda. SHuningdek, Quvayt chempioni va kubogi sohibi – “Al-Quvayt” pley-off orqali guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, u holda 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasida “oltirn dubl” qayd etgan klublar soni beshtaga etadi.
Bahodir MIRZAEV

Fikrlar