OCHL-2014: “Quvayt SK” O'zbekistonga uch marta kelgan va uch marta mag'lub bo'lgan
07 fev 2014 11:10
Yangiliklar

OCHL-2014: “Quvayt SK” O'zbekistonga uch marta kelgan va uch marta mag'lub bo'lgan
Ertaga OCHL pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Quvayt SK”ga qarshi “Paxtakor” markaziy stadionida bahs olib borsa, Qarshining “Nasaf” jamoasi Qatarda “Al-Jaish” mehmoni bo'ladi.
Siz aziz o'quvchilarimizga vakillarimiz raqiblari haqida malumot berishni lozim deb topdik. Dastlab "Quvayt SK" haqida malumot beramiz.
Klub nomi: “Quvayt Sport Klubi” (Quvayt)
Tashkil topgan yil: 1960
Stadioni nomi: “Al-Quvayt” (sig'imi: 18500 tomoshabin)
Klub prezidenti: Abdulaziz al Marzuq
Bosh murabbiyi: Ion Marin (Ruminiya)
Erishgan yutuqlari:
Mamlakat chempioni (11): 1964–65, 1967–68, 1971–72, 1973–74, 1976–77, 1978–79, 2000–01, 2005–06, 2006–07, 2007–08, 2012–13.
Quvayt Amiri Kubogi (9): 1976, 1977, 1978, 1980, 1985, 1987, 1988, 2002, 2009.
Quvayt SHahzodasi Kubogi (5): 1994, 2003, 2008, 2010, 2011.
Quvayt Superkubogi sohibi (1): 2010.
Al Kurafi Kubogi (1): 2005.
Quvayt Federaciyasi Kubogi (3): 1992, 2010, 2012.
OFK Kubogi g'olibi (3): 2009, 2012, 2013.
“Quvayt SK” tarkibi:
1. Musab Alkandari
2. Yoqub Al Toher
3. Fahad Avad
6. Javod Nekunam (Eron)
7. Fahad Al Eneizi
10. Rojerio De Assis Silva Koutino (Braziliya)
13. CHadi Hammami
15. Ali Husseyn
17. Issam Jemaa
20. Husayn Hakim (sardor)
33. Fahad Homud
8. Abdullah Al Buraiki
16. Xaled Alazemi
18. Jarah Al Ateyqi
22. Bader Al-Azami
31. Sami Alsanea
37. SHeredah Al-SHeredah
38. Fahad Salem
“Lokomotiv” raqibi “Quvayt SK” jamoasi o'zbek klublari uchun begona emas. Bungacha ushbu jamoa bilan “Nasaf”, “Neftchi” va “Paxtakor” klublarimiz bahs olib borishgan. “Paxtakor” bu jamoani o'z uyida va safarda ham mag'lub etgan. Farg'onaning “Neftchi” jamoasi bir marta g'alaba qozongan va bir bor safarda mag'lub bo'lgan. Qarshining “Nasaf” klubi “Quvayt SK”ga qarshi ilk o'yinda durang natijasini qayd etgan. SHuningdek, bu jamoalar 2011 yilda Qarshida bo'lib o'tgan OFK finalida bellashishgan va “ajdarlar” o'sha o'yinda (2:1) quvaytliklarni taslim etishganini muxlislarimiz yaxshi eslashadi. “Lokomotiv” safiga yangi kelib qo'shilgan Lutfullo To'raev uchun “Quvayt SK” begona raqib emas. 2011 yilgi OFK Kubogi finalida Lutfullo To'raev “Nasaf” tarkibida quvaytliklarga qarshi maydonda harakat qilgan. “Quvayt SK” tajribali futbolchilarga ega klub. Bu jamoa har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib harakat qilib keladi. So'nggi yillardagi erishgan yutuqlari ham bunga misol bo'la oladi. Jamoa safidagi braziliyalik legioner Rojerio Koutino va Eron terma jamoasi sardori Javod Nekunamlar “Quvayt SK”ning etakchi futbolchilari sanalishadi. “Lokomotiv” himoyachilariga etarlicha ish topilishi aniq.
Quvaytliklarning asosiy quroli bu qarshi hujum sanaladi. Bu borada Hakim Fuzaylov yaxshigina bosh qotirishiga to'g'ri keladi. “Quvayt SK” bosh murabbiyi Ion Marin jamoani o'z qo'liga olganidan keyin “Quvayt SK”ni ishlari yaxshi tomonga o'zgargan. Birinchi mavsumdanoq jamoani mamlakat chempioni va OFK Kubogi sohibiga aylantirishni uddasidan chiqdi ruminiyalik ushbu mutaxassis. O'tgan yili Quvaytda yilning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi. “Quvayt SK” Ion Marin qo'li ostida maqtanarli natijalarga erishib kelmoqda. Quvaytliklarni bu yilgi asosiy maqsadi OCHL guruh bosqichiga yo'l olishdir. Ertangi muhim bahsda Ion Marinning o'ylagan rejalari chippakka chiqishidan umidvormiz. “Lokomotiv” klubini, xususan jamoa ustozi Hakim Fuzaylovni jiddiy sinov kutmoqda. “Temiryo'lchilar”ga yaratib berilgan sharoitlarga munosib javob, bu OCHLning guruh bosqichiga yo'llanma olish bo'ladi. Bu yo'lda “temiryo'lchilar”ga omad va zafarlar tilab qolamiz.
“Quvayt SK” jamoasi shu paytgacha O'zbekistonga uch bor mehmon bo'lgan va barchasida mag'lub xolda ortga qaytishgan. Umid qilamizki, bu safargi safarlarida ham vaziyat o'zgarmay qoladi.
O'zbek futboli ishqibozlarini 8 fevral kuni, soat 15:00da “Paxtakor” markaziy stadioniga chorlab qolamiz! Qishning ushbu sovuq kunlarida, “Paxtakor” stadionida haqiqiy futbol havosini his etishni xohlardik. Futbol haqiqiy va fidoiy muxlislar bilan o'z jozibasiga ega.
Birozdan so'ng "Al Jaish" haqida malumot beramiz.
SHahboz Beg'amov.

Fikrlar