So’nggi yangiliklar

00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  1 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  6 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  69 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  1 18:33Сеулдаги баҳсда "Бавария" "Тоттенхэм"ни таслим қилди  1 17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  3 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  3

OCHL. 2-turga nazar. Saudiya Arabistonidan bir ochko bilan Yangiliklar

OCHL. 2-turga nazar. Saudiya Arabistonidan bir ochko bilan

"Nasaf" va "Paxtakor" hamkorligida uyushtirilgan charter reysga bizga ham joy topildi. SHuning uchun safarda bo'lib o'tgan ikkita o'yinni ham voqea joyidan tomosha qilish nasib etdi.
Demak, birinchi o'yin Ar Riyodda bo'lib o'tdi.

"Al SHabab" - "Paxtakor" 2:2.

Ar Riyodning uchinchi jamoasi, qolganlar bilan solishtirganda guruhning eng kuchsiz jamoasi edi. "Al SHabab"ning avvalgi yillardagi kuchini ko'rmayapmiz. "Al Ayn" bilan o'yindagi durang - bu shunchaki amirlik jamoasiga o'yinning kerak emasligida edi. SHu boisdan "Paxtakor"ning safarda uch ochko olishi mumkin bo'lgan yagona jamoa shu edi. "Al Ayn" va "Naft" bilan jamoa safarda garchand g'alabani niyat qilsa-da, ammo raqibning kuchidan kelib chiqsak, u erda durang natija yomon bo'lmadi.

Barcha klublarimizning Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan o'yinlari dastlabki turlarda bo'lib o'tishi bizning foydamizga xizmat qildi. Fevral oyidagi havo harorati aynan futbol o'ynashli. Hatto Riyodda biroz shamol ham bor edi.



O'yinga tanlangan taktikaga ko'ra, "Paxtakor" birinchi bo'limda hujum qilmasligi kerak edi. Asosiy etiborni gol o'tkazmaslikka qaratildi. Himoyachi Oraxovacning saviyasi shu bo'lsa, 2 yil avval SHibamuradan qanday voz kechilgan bo'lsa, shunday voz kechib qo'yish kerak. O'yinning boshidayoq qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Lobanovga to'pni etkazishda juda sust harakat qildi, yaxshi hamki, Sasha buni payqay oldi, aks holda raqib futbolchisi deyarli to'pga etib kelgandi. 15-daqiqalarda "Al SHabab" futbolchisi ikki marta ustunni poyladi. Himoyasining darzi ketgan "Paxtakor" shunda ham o'zini o'nglab ololmadi. Oxiri himoyachilarning o'zlari raqibga gol urishda yordam berishdi. Hoshimov, Merzlyakov va Oraxovac deyarli himoyachi vazifasida ko'rinishmadi. Aksiga olib ikkinchi bo'limda sog'ligi bilan muammo tug'ilgan Akbar Ismatullaev majburiy almashtirildi. Iskanderov esa 2 kundan beri shamollab mashg'ulotlarda ham yarim kuch bilan shug'ullanayotgan edi.

Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" endi hujumga o'tdi. Himoyadan farqli ravishda Maxaradze boshchiligidagi yarim himoya chizig'i va nominal hujumchi Sergeev ancha yaxshi harakat qildi. Sergeevning ustun tomoni, himoyalanishga ham yordam beradi. Avvaliga o'zi gol urgan Sergeev, keyin penalti ishladi. Undan Maxaradze unumli foydalandi. Afsuski, qo'ldagi 3 ochko, yana himoyadagi xato tufayli yo'qqa chiqdi. Jamoaning baxtiga so'nggi daqiqadagi xatoni "Al SHabab" kechirdi.

Bugungi holatdan kelib chiqsak, "Paxtakor" agar uyda ikkita o'yinda g'alaba qozonsa, guruhdan chiqishi 100 foizga aniq bo'ladi. Boisi, qolgan raqiblar o'zaro o'yinlardan kelib chiqqan taqdirda ham, ikkita jamoa 10 ochkodan ko'p jamg'ara olmaydi.

Keyingi o'yinlar. 18 mart.
"PAXTAKOR" (O'ZBEKISTON) - "Al Ayn" (BAA)
"Naft" (Eron) - "Al SHabab" (Saudiya Arabistoni)


Ar Riyoddan farqli ravishda Jiddada havo harorati biroz issiqroq, lekin sezilarli darajada futbol o'ynashga tasir o'tkazmaydi. Ammo, ammosi shundaki, Jidda uchun maxsus qurilgan, shahar tashqarisidagi yangi stadionning salobati manaman degan jamoalarni sarosimaga solib qo'yadi. "Al Ahli" bejizga mamlakat chempionligiga tashlamayapti. Jamoa kuchli infrastrukturaga ega, akademiyasi ishlab turibdi. Legionerlaring saviyalisi ham o'sha erda. Klubning bir necha million byudjeti mavjud. Garchand "Al Ahli" Jiddaning ikkinchi jamoasi hisoblansa-da, "Al Ittihod"dan hech ham qolishishni istamayapti. Jamoani 20 000 mingdan ziyod muxlis shunday qo'llab-quvvatlab turdiki, tan berdim ochig'i. Uch qavatli stadionni Osiyoning bezagi deb aytish mumkin. Men faoliyatim davomida ko'rgan stadionlarning aynan birini, shu eng zo'r va birinchi o'rinda deb ayta olmayman. Ammo "Qirol Abdulloh sport siti" stadioni, shubhasiz ko'rganlarim ichida ikkinchi o'rinda bo'ladi.

O'yin boshlandi, tabiiyki "Al Ahli"ning tashabbusi bilan. "Nasaf"ning yutug'i haqida avvalgi maqolada yozgandim, jamoa ancha yillardan beri birga. Mezbonlar ochiq o'yinni taklif etishdi, o'zlari ham hujum qildilar, "Nasaf"ga ham imkoniyat berdilar. Bunday futbol muxlislarga yoqdi deb aytishim mumkin.



Bir qaraganda "Nasaf"da hammasi risoladagidek, tanqid qilish noo'rin. Jamoa o'z kuchidan kelib chiqib o'ynayapti. Ammosi yo'q emas, ammosi shundaki, "Paxtakor"da Oraxovac bo'lganidek, "Nasaf"dan Koblashni olib tashlash kerak. Hujumchi degani bunday bo'lmaydi. 83-daqiqada jamoadoshidan yaxshi pas qabul qilib oldi, ko'kragida to'xtatdi, lekin uning bor imkoniyati shundan keyin to'xtadi. Uning ortida turgan himoyachi etib keldi va uni zararsizlantirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqada esa muhim bo'lgan vaqtni yo'qotdi. Bir harakat bilan to'pni olib qolish mumkin bo'lgan vaziyatda, to'pning autga chiqib ketishiga sabab bo'ldi. "Nasaf" hozircha o'tkazilgan uchta golni ham "kallada" qo'yib yubordi. Himoya markazida muammo yo'q deb aytish qiyin. "Nasaf" hisobni tenglashtirgan vaziyatga kelsak, bu erda Gevorkyan darvozabonni "o'qidi" uning qaerga harakat qilishi va joyidan qo'zg'atib, umuman boshqa erga to'pni tepa oldi. Gevorkyanning ko'plab jarima zarbalaridan kiritgan gollarni ko'rganmiz, ammo shu vaziyatni yana bir bor qaytadan ko'ring, Mirjalol Qosimov uslubidagi ayyorlik.

Afsuski, hammasi yaxshi bo'lib turgan paytda to'p... Aslida bu to'pni siz kabi futbolchilar ham maydondan chiqib ketdi deb o'ylashgan edi. Ammo bizdan farqli ravishda ular so'nggi soniyagacha kutishlari kerak edi. Aynan shu narsa pand berdi. Aslida chiqib ketmagan to'p, oxir- oqibat "Nasaf" darvozasi to'ridan joy oldi. O'yindan kelib chiqsak, bu raqibdan Qarshida ochko olsak bo'ladi.

Keyingi o'yinlar. 18 mart.
"Al Ahli" (BAA) - "NASAF" (O'ZBEKISTON)
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Traktorsozi" (Eron)


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика