So’nggi yangiliklar

23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 23:00ЕЧЛ финали учун ПСЖ ва "Интер" жамоаларининг бошланғич таркиблари маълум!  9 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  51 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1

OCHL-2. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar tufayli "Al Husseyn"ga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

OCHL-2. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gollar tufayli "Al Husseyn"ga imkoniyatni boy berdi

OCHL-2 3-turidan o'rin olgan "Al Husseyn" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

OCHL-2

"D" guruhi, 3-tur

23.10.2024, 21:00

"Al Husseyn" (Iordaniya) - "Nasaf" 2:1

Bosh hakam: Pranjal (Hindiston)

Gollar: Aref Haitam (87, 90+1), Viktor Da Silva (90+5).

"Al Husseyn": 1.Yazid Abdulla, 3.Abdallah Nasib, 8.Raja Aed Hasan (23.Ahmad Haykal, 81), 9.Abdallah Mohannad Alattar (99.Abdu Aziz Ndiaye, 69), 13.Mahmud Al Mardi (90.Reziq Muhammad Banihani, 87), 15.Saed Ahmad Al Rosan, 17.Adham Muhammad Al Quraishi, 24.Ehsan Haddad (77.Aref Haitam, 69), 36.Abduljalel Ajagun, 88.Italo Enrike Silva, 98.Yusuf Abu Jalbush.

Zaxira: 22.Mahmud Raed Al Kavamleh, 5.Ali Ahmad Hajabi, 7.Muhammad Ratib Al Daud, 10.Vosim Vosef Al Riyalat, 11.Sief Addin Darvish, 16.Majdi Ahmad Attar, 19.Anas Bani-Yosin, 21.Salim Amer Obeid.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 3.SHohjahon Sultonmurodov, 4.Dilshod Komilov, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muxitdinov (21.Doniyor Narzullaev, 90), 23.Kuach Yuel (20.Viktor Da Silva, 46), 28.SHuhrat Muhammadiev (22.Igor Golban, 46), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (70.Jambuli Jigauri, 70), 88.Marko Stanoevich (6.Murod Rahmatov, 46).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 24.Sardorbek Bahromov, 44.SHahzod Akramov.

Ogohlantirish: Marko Stanoevich (13).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+5. GOL! Viktor Da Silva hisobni qisqartirdi! Jarima maydoni ichida Narzullaevning pasidan so'ng braziliyalik hujumchi deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilib, hisobni qisqartirdi!

90+1. GOL! Al Haitan yana "Nasaf" darvozasini ishg'ol qilib, hisobdagi farqni oshirdi. Jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan raqib hujumchisi Komilovni aldab o'tib, darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarba! Rahmatovning uzatmasidan so'ng Jigauri bosh bilan zarba yo'lladi, ammo darvozabon to'pni egallab oldi.

87. GOL. Haitan hisobni ochdi. "Al Husseyn" hujumchisi bir harakat bilan ikki himoyachini chalg'itdi va chap oyoqda darvozani ishg'ol qildi.

86. Muhiddinovning uzatmasi zarba bilan yakunlandi, biroq to'p ancha yuqorilab ketdi.

85. Abdixoliqovga nisbatan fol ishlatildi. "Nasaf"da yana bir standart yuzaga keldi.

81. Xavfli vaziyat! Al Mardi raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi, ammo zarba yo'llashga ulgurmadi, Sultonmurodov to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

78. Xavfli vaziyat! Haitam chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.

78. Nasrullaevning navbatdagi uzatmasini yana Yazid Abdulla ushlab oldi.

73. Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini mezbonlar darvozaboni egallab oldi.

70. "Nasaf"da o'zgarish: Jigauri Bozorovni almashtirdi.

69. "Al Husseyn" ikki o'zgarish amalga oshirdi.

68. Muhiddinovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.

67. Abdixoliqovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Nasaf"da standart vaziyat yuzaga keldi.

64. Maydon markazida mezbonlar tomonidan fol ishlatildi.

57. Xavfli vaziyat! Abdixoliqov jarima maydoni ichida chap oyoqda darvozabon tomon zarba yo'lladi, Yazid Abdulla to'pni qaytardi. 

55. Zarba! Mehmonlardagi sarosimadan foydalangan Al Mardi jarima maydoni chizig'ida xavfli aylanma zarba yo'lladi, Nematov yana o'z mahoratini namoyish etdi.

54. Mezbonlar tomonidan uzatilgan to'pni Sultonmurodov o'z darvozasiga to'g'rilab qo'yishiga bir bahya qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Nasaf" birato'la uch o'zgarishga qo'l urdi.

Taym yakunlandi.

45+4. O'ng qanotdan uzatilgan to'p Al Mardining noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Muhammadievga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

44. Nasibning olisdan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

40. Zarba! "Nasaf" futbolchilarining oddiy vaziyatdagi qo'pol xaatosidan so'ng mezbonlar navbatdagi zarbani yo'lladi, ammo yana aniqlik etishmadi.

34. Muhiddinovning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

34. Zarba! Al Mardining zarbasini Nematov qaytardi. 

27. Xavfli vaziyat! Mezbonlar o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Komilovning pasidan so'ng Nematov to'pni tepib yuborishda xatoga yo'l qo'ydi, so'ngra bo'sh darvozaga to'pni tepishga tayyor turgan raqib hujumchisi oyoqlari ostidan to'pni qo'li bilan urib yubordi. Qaytgan to'pga esa "Al Hussayn"ning boshqa futbolchisi noaniq zarba yo'lladi.

23. Xavfli vaziyat! Mezbonlar tomonidan yo'llangan aylanma zarbani Nematov qaytardi.

20. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Komilov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq biroz aniqlik etishmadi.

18. Muhammadiev raqib maydonida fol sodir etdi.

13. Stanoevich ilk qoidabuzarligidayoq hakam tomonidan ogohlantirildi.

11. Dastlab Nasrullaev, so'ngra Bozorov chap qanotdan oldinga yurish qildi, birinchi uzatmani mezbon himoyachilar qaytargan bo'lsa, ikkinchisida to'p "Nasaf" futbolchisidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

7. Xavfli vaziyat! Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasini raqib sardori qiyinchilik bilan qaytardi va tibbiy yordamga ehtiyoj sezdi. 

2. Ilk hujumni mezbonlar tashkil etdi, ammo samarasiz yakunlandi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Al Husseyn" sariq-qora, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика