So’nggi yangiliklar

22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  8 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  5 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  221 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2

OCHL. 10 futbolchisida koronavirus aniqlangan "Al Hilol"ning bugungi o'yinga taxminiy tarkibi Yangiliklar

OCHL. 10 futbolchisida koronavirus aniqlangan "Al Hilol"ning bugungi o'yinga taxminiy tarkibi

Bugun "Paxtakor" va "Al Hilol" jamoalari OCHL 4-turi doirasida o'zaro bellashadilar.

Birov avval riyodliklarning yana 3 nafar o'yinchisida Covid-19ga topshirgan test natijalari ijobiy chiqqani haqida xabar bergan edik.

Rasman: "Al Hilol"ning yana 3 o'yinchisida koronavirus aniqlandi, jamoada faqat bitta darvozabon qoldi

Xo'sh, jami 10 nafar futbolchisi koronavirusga chalingan saudiyaliklarning bugungi o'yinga tarkibi qanday bo'lishi mumkin? "Championat.asia" sayti "Al Hilol"ning tarkibini taxmin qilib ko'rdi.

Jamoada ikki qanot himoyachilari Al SHahroni va Al Burayk karantinda, shuningdek Madallah Ali Ololayan kechagina jarohatdan keyin mashg'ulotlarga qaytdi. O'ng qanot himoyada o'tgan safargidek Amir kurdi tushsa, chapda chap oyoqda harakat qiladigan markaziy himoyachi Ali Al Bulayhi tushsa kerak. CHunki, Ololayan kechagina mashg'ulotlarga qaytdi va bugunning o'zida asosiy tarkibda tushishi qiyn bo'lsa kerak. Markaziy himoyada Jan Xyun Suga Muhammad Jahfali sherik bo'ladi. CHunki, Al Fariz karantinda, Al Bulayhi chapda tushishi mumkin. O'z-o'zidan Jahfali varianti qolmoqda. Qolgan o'yinchilar 3 kun oldingidan o'zgarmasa kerak. Faqat markaziy yarim himoyada bitta o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanno va Nosir Al Davsaridan biri o'yinni zaxirada boshlashi mumkin.

"Al Hilol"ning "Paxtakor" bilan o'yinga taxminiy takribi:

4-2-3-1

Darvozabon: 1.Abdulloh Al Muayuf.

Himoyachilar: 22.Amir Kurdi, 20.Jan Xyun Su, 70.Muhammad Jahfali, 5.Ali Al Bulayhi.

Yarim himoyachilar: 28.Muhammad Kanno, 16.Nossir Al Davsari, 19.Andre Karrilo, 29.Salim Al Davsari, 9.Sebastyan Jovinko.

Hujumchi: 18.Bafetimbi Gomis.


4-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика