So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

OCHL. 1-turga nazar. Ikkinchi kunda 3 ochko Yangiliklar

OCHL. 1-turga nazar. Ikkinchi kunda 3 ochko

Afsuski, Saudiya Arabistoniga bo'lgan ikkinchi yurishimiz biroz o'xshamadi. "Nasaf" esa musobaqadagi dastlabki uch ochkosini qo'lga kiritdi.

"Nasaf" - "Traktorsozi" (Eron) 2:1.


"Nasaf" joriy mavsum uchun tarkibda aytarli o'zgarish qilmadi. Bu esa asosiy yutuq. SHakllangan jamoa yil sayin natija berishini barchamiz yaxshi bilamiz. "Nasaf" o'rin olgan guruh qolgan uchta jamoamizga solishtirganda biroz engil. Ammo "Nasaf"ning bugungi kundagi tarkibidan kelib chiqsak, teng kuchli klublarga ega guruh. Buni o'yinning boshidayoq bildik.




"Traktorsozi" joriy yil mamlakat chempionligi uchun "Naft"dan keyingi davogarlardan hisoblanadi. Umuman olganda, bugun Eron peshqadamida 39 ochko bo'lsa, undan keyingi 3ta klubda 38 ochko mavjud. Amaldagi chempion "Fulad" hisobida 37 ochko bor. Mavsum esa eng qizigan pallada. 

Yuqoridagi omillardan kelib chiqib, "Nasaf" o'yinni ehtiyotkorlik bilan boshlashi kerak edi. SHunday bo'ldi ham, birinchi bo'limda Suyunov o'z darvozasidan bitta gol o'tkazib yubordi, bu esa "Traktorsozi"ning ishtahasini ochdi, yaxshi hamki tanaffusga chiqib oldik. 

Ikkinchi bo'limda Ro'ziqul Berdiev jamoasiga nima deganini bilmaymiz, ammo boshqacha "Nasaf"ni ko'rdik. Ikkinchi bo'limning boshidayoq SHomurodov hisobni tenglashtirdi. Stadionga yig'ilgan muxlislarning hayqirig'i "Nasaf"ni yana oldinga o'tishiga olib keldi, jarima zarbasi ishlandi va Gevorkyanning aniq to'p uzatishidan keyin ramziy terma jamoamizdan joy olgan Karimov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 



Mavsum oldida hech bir jamoa o'z jismoniy holatini pikka olib chiqmaydi. Bunday qilgan murabbiy, keyinchalik mavsum davomida qiynalib qoladi. OCHLning biz uchun noqulay tomoni ham shunda. OCHL uchun yuqori notaga chiqadigan klub, keyin ichki chempionatda qiyinchilikka duch keladi. "Nasaf" kecha o'zini eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi deb ayta olmayman. Yana 2 turdan keyin jamoa o'yini tubdan o'zgarishi aniq. 


Bu erda Berdievning ishini ko'rdik. O'yinga tayyor bo'lgan "Traktorsozi"ni ikkita tezkor goldan keyin qaytib gol urishiga imkon bermadi. 


Keyingi o'yinlar. 4 mart.

"Traktorsozi" (Tehron) - "Al Ahli" (BAA)

"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "NASAF" (O'ZBEKISTON)


"Al Hilol"  - "LOKOMOTIV" 3:1

O'yinning boshida "Lokomotiv" tarkibini ko'riboq, jamoaning ijobiy natijaga erishishiga ishonch kamaydi. 2014 yilgi tarkibdan bor yo'g'i uch nafar futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Yil davomida "Bunyodkor" zaxirasida o'tirgan Oleg Zoteev va hali oliy ligada ham debyut qilmagan Abror Karimov tarkibdan joy oldi. Ularning o'rnini Jasur Hasanov va Mamur Ikromov bilan ham to'ldirsa bo'lardi. Darvozabonlar murabbiyi Pyotr Gizimchuk esa Ikromov va Karimovning imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak edi. Boisi darvozabonlar murabbiyi "Olmaliq"da aynan Abrorga ustozlik qilgan. 

Endi "Al Hilol"ga kelsak. "Al Hilol" so'nggi yillarda Saudiya Arabistoni chempionatida chempionlikni qo'lga kirita olmayapti. Hozir jamoaning moliyaviy holati bilan jiddiy muammo bor, undan tashqari biz bilmagan sababi ham bor. Bu haqda ko'pdan beri gapirib yurishadi. Lekin, "Al Hilol" bu bundan avvalgi maqolamda qayd etganimdek, OCHLning brendi. Xuddi "Bunyodkor" kabi, uning puli bo'ladimi yoki yo'qmi, "Al Hilol" bu - "Al Hilol". Uning maydonida yutib kelsa bo'lar balki, ammo undan har qanday holatda hayiqish kerak. "Al Hilol"ni o'z maydonida bironta o'zbek klubi hali mag'lubiyatga uchratgan emas. Stadionga tushgan muxlislarni o'zi manaman degan raqiblarni bosim ostiga oladi. Kecha shunday bo'ldi ham. 

Vadim Abramovning balki o'ziga yarasha rejasi bo'lgandir, ammo birinchi marotaba asosiy tarkibdan o'rin olgan Abror Karimovni uchta himoyachi bilan qo'riqlash xato bo'ldi. Zoteev chap qanot himoyachisi vazifasini uddalashi kerak edi, ammo u himoyachi emas. Bobur Yuldashev Yanichichdan kuchliroq bo'lsa kerak.

Birinchi gol darvozabon chekiga, ikkinchisi esa himoyachilarga tushdi. Yaxshi hamki jamoa o'zini qo'lga oldi va behuda hujumlarga o'tmadi. Aks holda O'zbekiston - Avstraliya o'yinining ikkinchi qismini ko'rishimiz aniq edi. Bo'lib o'tgan uch o'yinimizda bironta hujumchi Samaras kabi himoyachilardan osonlikcha o'tib ketmadi. Uchrashuv sharhlovchisi Davron Fayziev bir gapni joyida aytdi, "Lokomotiv"da zo'r himoyachilar yig'ildi degani, zo'r himoya chizig'i degani emas".

Mavsumoldi matbuot anjumanida rahbariyatga savol bergan edim: "Har yili tarkib almashyapti, bu bilan yuqori maqsadni qo'yib bo'lmaydi. Hech bo'lmasa 2 yil bir tarkib bilan o'ynash kerak emasmi?"

To'g'risini aytaman, o'sha kuni o'zimga kerakli javobni olmadim. Endigi raqib 4 yildan beri deyarli tarkibi o'zgarmay kelayotgan - "Fulad"! Bu o'yinda "Lokomotiv"ning xato qilishga umuman haqqi yo'q. Faqat va faqat g'alaba qozonishi kerak, chunki "Al Hilol"ning kuchini ko'rdik, guruh favoriti aniq. 


Keyingi o'yinlar. 4 mart.

"LOKOMOTIV" (O'ZBEKISTON) - "Fulad" (Eron)

"Al Sadd" (Qatar) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)


Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика