"OC" Incheon News: Hamon oltinni kutyapmiz, hozircha 19-o'rindamiz
27 sen 2014 11:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/145900_original.jpg)
![](/upload/storage/145900_220.jpg)
"OC" Incheon News: Hamon oltinni kutyapmiz, hozircha 19-o'rindamiz
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining navbatdagi kunidan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha Xitoy terma jamoasi hamon juda katta farq bilan peshqadamlik qilyapti.
CHin yurti vakillari qo'lga kiritgan oltin medallar soni 93 taga etdi. SHuningdek, ularda 51 ta kumush hamda 39 ta bronza medali ham bor. Umumiy medallari soni – 183 ta!
Ikkinchi o'rinda borayotgan mezbonlar hisobida 109 ta medal mavjud. SHulardan 33 tasi oltin, 39 tasi kumush, 37 tasi bronza medalidir. Kuchli uchlikka 30 ta oltin, 42 ta kumush, 36 ta bronza medaliga ega Yaponiya terma jamoasi yakun yasagan. Qozog'iston terma jamoasi safidagi Osiyo o'yinlari chempionlari soni 8 nafarga etdi. SHuningdek, yon qo'shnilarimiz hisobida 9 ta kumush, 17 ta bronza medali mavjud. Mo'g'uliston terma jamoasi kuchshi beshlikka yakun yasagan.
Bugungacha 18 ta davlat terma jamoalari kamida bitta oltin medalga ega bo'lib ulgurishdi. O'zbekiston terma jamoasi esa 4 ta kumush, 8 ta bronza medaliga ega bo'lgani holda 19-pog'onadan joy olgan. Biz hamon oltinni kutyapmiz.
Incheon-2014. Triatlon. Yunusov 13, Vohidova 11-o'rinni egalladi
Incheon-2014. Bugun bokschi qizlarimiz ham boshlashadi
Incheon-2014. Bugun velopoygada Xolmurodov startga chiqadi
Incheon-2014. Bugun Zoirov va Madrimov ringga chiqadi

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar