So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

"Obod" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi murabbiylar fikri Yangiliklar

"Obod" - "Navbahor" uchrashuvidan keyingi murabbiylar fikri

Bugun TTYMI stadionida oliy liganing 16-turidan o'rin olgan "Obod" - "Navbahor" bahsi o'tkazildi. O'yin 2:0 hisobida "Navbahor"ning g'alabasi bilan yakun topdi. O'yindan so'ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Ilhom Mo'minjonov ("Navbahor" bosh murabbiyi): 

- Bugungi g'alabamizni avvalambor shuncha yo'l bosib Namangandan kelgan muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Bugun ishqibozlar bizga 12-o'yinchidek muxlislik qilishdi va bu g'alabaga o'z tasirini ko'rsatdi. Bir oylik tanaffusdan so'ng jamoamizda katta yig'ilish bo'lib o'tdi. Avvalo bizga sharoit yaratib berayotgani uchun Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevichga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

- To'g'risi, bugungi bahsni bosim ostida o'tkazdik. CHunki jamoa 12-o'rinda bormoqda bu ham futbolchilarga o'z tasirini ko'rsatadi. Biz bugun natija uchun o'ynadik, nasib qilsa keyingi bahslarda chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Oliy liganing 10-turidan keyin jamoamizda pasayish kuzatildi va buni tan olish kerak. Bundan keyin o'sha xatolarni takrorlamaslikka intilamiz. 

- "Obod"ga qarshi ayrim futbolchilar masalan, Qilichev, Yovanovich, Mehmonov, Jabborov xuddiki raqibni mensimagandek, baribir yutamiz degan manoda o'yin ko'rsatishdi va buning uchun ayb menda. Balki ularga to'g'ri ko'rsatma bera olmagan bo'lishim mumkin. Ammo futbolda muhimi natija va g'alabaga erishganimizdan xursandmiz.    

Andrey Demchenko ("Obod" bosh murabbiyi):

- O'yin teng kurash ostida kechdi. Raqib bizning xatolardan foydalandi, xolos. Lekin o'yin bo'yicha hech bir jamoa ustunlik qila olmadi. Nima uchun xato qildik? CHunki bizda tarkib yosh va ko'p o'yinchilar oliy liga havosini ko'rmagan. Qolaversa, salohiyat va mahorat bobida raqib biroz ustunlik qildi. 

- Birinchi golni birinchi taymning oxirida o'tkazib yuborganimiz chatoq bo'ldi. O'sha vaziyatda aslida qarshi hujumga chiqib ketishimiz kerak edi. Ikkinchi gol ham o'yin oxirlarida kiritildi. O'yinimizda ayrim muammolar bor va buni vaqt o'tib hal qilib boramiz. Men shogirdlarimdan aqlli futbol namoyish etishni xohlayman. 

- Men O'zbekistonga katta maqsadlar bilan kelganman. Yaxshi ishlab o'zimni ko'rsatishni istayman. Bu erda nimalarga erisha olishimni esa vaqt ko'rsatadi. 

X.Xoliqov yozib oldi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика