So’nggi yangiliklar

02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  0 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  3 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   11 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  22

“Obod” – “Navbahor”: PREVYU Yangiliklar

“Obod” – “Navbahor”: PREVYU

Teglar :  NavbahorObod
Ikkinchi davraning dastlabki turida “Navbahor” Toshkentda “Obod” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Raqiblarning O'zbekiston chempionatining oliy ligasidagi ilk o'yiini 2016 yilgi mavsumga to'g'ri kelgan. 2016 yilning 30 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tgan ilk o'yinda futbolchilarimiz 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishgan. Umumiy hisobda shu kunga qadar o'zaro uchta o'yin o'tkazilgan. Jamoamiz hisobida ikkita g'alaba mavjud. Toshkentliklar esa o'tgan yili “Navbahor”dan ustun kelish orqali ilk g'alabani tantana qilishgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 4:5, “Obod” foydasiga.

Davralar oralig'ida “Obod” jamoasi ikkinchi davradan o'rin olgan o'yinlarni o'tkazmasligi mumkin degan xabarlar tarqalgandi. Garchi klub tarqatilgan bo'lsada, bu borada rasmiy malumot chiqmadi. Ikkinchi davra boshlanishiga sanoqli kunlar qolgandagina “Obod”ni chempionatni davom ettirishi malum qilindi. Yangi homiyga ega bo'lgan jamoani ikkinchi davraga qay tarzda tayyorgarlik ko'rganligi haqida malumotlar deyarli yo'q. Bir qator asosiy futbolchilaridan ayrilgan jamoani tarkibini qay tarzda ko'rinish olishini taxmin qilish ham mushkul. Bizdagi malumotlarga ko'ra “Obod” “Bunyodkor” jamoasidan bir qator yosh futbolchilarni ijaraga olgan. Bundan tashqari jamoa safiga ukrainalik legionerlarni qo'shilishi ham kutilgandi. Ular orasida 2016 yilgi mavsumni “Navbahor”da o'tkazgan Vladislav Pavlenko ham bo'lishi mumkin. Pavlenko birinchi davrani Muborakning “Mashal” klubida o'tkazgandi. SHuningdek, bugungi uchrashuvda “Obod” tarkibida birinchi davrada “Navbahor”da sharafini himoya qilgan Timur Tolipov ham maydonga tushishi mumkin.

“Obod” – “Navbahor” uchrashuvi Toshkentdagi TTYMI o'yingohida soat 17.30da boshlanadi. O'yinni Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Jamoalarning o'zaro o'yinlardagi natijalari quyidagicha
2016 yil
“Navbahor” – “Obod” – 2:1 (2:1).
Gollar
: A.Bahriddinov (27-pen.), D.Jabborov (32) – P.Solomin (44)

“Obod” – “Navbahor” – 3:0 (1:0).
Gollar
: T.Hakimov (5), SH.Norxonov (69-pen.,89).

2017 yil
“Navbahor” – “Obod” – 2:1 (1:0).
Gollar
: M.G'ofurov (15), G'.Komilov (50) – N.Haipov (90+1).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика