So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Obod" murabbiyining Toshkentda tanishlari bormi? Yangiliklar

"Obod" murabbiyining Toshkentda tanishlari bormi?

Toshkentning "Obod" klubida yangi murabbiy Andrey Demchenko ish boshlaganidan xabaringiz bor.

Ukrainalik mutaxassis bilan suhbat qilganimizda "Obod" varianti qanday yuzaga kelgani, yangi ish joyida o'z oldiga qo'ygan maqsadi hamda Toshkentda tanishlari borligi haqida gapirib berdi. 

- "Menga “Obod” qiziqayotgani haqida uchinchi qo'ldan eshitdim desam ham bo'ladi, - deydi Andrey Anatolevich. - Ukrainadagi bir tanishim O'zbekistondan variant bor, Toshkentda ishlaysanmi deb so'radi. Bu vaqtda men ishsiz bo'lib, har qanday taklifni ko'rib chiqishga tayyor edim. Tanishim bolalikdagi o'rtog'im hisoblanadi va hozirgi kunda metall biznesi, shuningdek agentlik kompaniyalari bilan shug'ullanadi. Uning Kiprda agentlik firmasi bor". 

- "Ukrainada inqiroz davom etmoqda va ko'p odamlar ishsiz. Men ishlab kelgan “Metallurg” Zaporoje qariyb 80 yillik faoliyatdan so'ng yopildi. Bu erga kelishdan oldin bir paytlar men bilan birga o'ynagan Jafar Irismetov bilan gaplashdim. U bemalol kelishim mumkinligini, O'zbekistonda ham iqtidorlar ko'pligini aytdi. SHu tariqa “Obod”ga tashrif buyurdim. CHunki baribir bekor yurgandim".

- "Men Evropada tahsil olib “Pro” licenziyasini qo'lga kiritganman va bu borada muammo yo'q. Faqat ishlasam bo'lgani. Agar “Obod”ga ikki-uch nafar legioner olib kela olsak, o'yinimiz yanada kuchayadi deb o'ylayman".

- "Jafar Irismetov bilan oldin birga o'ynaganman. SHuningdek, “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladze bilan ham “Ayaks”da birga to'p tepganmiz. Xullas, Toshkentda tanishlar bor". 

- "Men O'zbekistonga shunchaki vaqt o'tkazish uchun kelganim yo'q. Astoydil ishlab o'zimni ko'rsatishni xohlayman Futbol haqida bilimga egaman va buni boshqalar bilan baham ko'rishni xohlayman. Albatta, natija kerak, lekin bu menga bosim o'tkazmaydi. Balki oliy ligada qolarmiz, balki oxirgi o'rinni olarmiz, nima bo'lishini bilmayman, ammo men boshqaradigan jamoada futbolchilar aql bilan to'p tepishlarini xohlayman". 

X.Xoliqov


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика