So’nggi yangiliklar

13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  13 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  7

“Obod” murabbiyi Bobur Zuhriddinov bilan suhbat Yangiliklar

“Obod” murabbiyi Bobur Zuhriddinov bilan suhbat

Toshkentning “Obod” jamoasi tashkil etilganiga uch yil bo'ldi.

Jamoa ushbu mavsumda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endilikda jamoa kelgusi yilni kuchlilar safida o'tkazadigan bo'ldi. “Obod”ning oliy ligaga chiqishida munosib hissa qo'shgan iqtidorli murabbiy Bobur Zuhriddinov kuni-kecha saytimizga intervyu berdi.

- Bobur, avvalambor “Obod”ning kuchlilar safiga chiqqani bilan tabriklaymiz. Mavsum davomida garchi rasmiy katta murabbiy Xayrulla Abdiev nomi zikr etilgan bo'lsada, uchrashuvlar chog'ida asosan sizning maydon chetida futbolchilarga ko'rsatma berib turganingizga guvoh bo'ldik. Demoqchimizki, bu sizning murabbiy sifatidagi ilk muvaffaqiyatingiz bo'lsa kerak?
- Tabrik uchun rahmat. Yo'q, bilasizmi “Obod” jamoasining o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarishida birgina mening emas balki katta murabbiy Xayrulla Abdiev, jamoa boshlig'i Farhod Safarov, o'ynovchi murabbiy Doniyor Hasanov, klub shifokorlari va albatta jamoa rahbariyatining mexnati yotibdi deb o'ylayman. Qolaversa futbolchilarimizning ham butun mavsum davomida o'z ishiga sidqidildan yondoshganini takidlash joizdir.

- Bobur Zuhriddinov nomi o'zbek futboli jamoatchiligi uchun yangilik bo'ldi. Ochig'ini aytganda, muxlislar siz haqingizda ko'p ham bilmaydi. SHu bois bu borada o'zingizdan eshitsak degandik?
- 1992 yili Toshkent shahrida tavallud topganman. Yoshligimda menda ham millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish paydo bo'lgan. SHu bois malum muddat futbol bilan shug'ullandim. Umumiy hisobda 12 yil futbol o'ynadim. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, futbol o'ynashni bas qilganman. Taqdir taqozosi bilan baribir futbol sohasida qoldim va endilikda o'zimni murabbiylikda sinab ko'rmoqdaman.


- “Obod”ga kelishingiz qay tariqa amalga oshgan?
- Bilsangiz kerak, bu jamoa tarkibi Doniyor Hasanov atrofida yig'ilgan. Ilgari “Bunyodkor” o'rinbosarlari tarkibida xarakat qilgan ushbu futbolchi o'zi yaxshi bilgan ayrim jamoadoshlarini ham klubga taklif etgandi. SHu jumladan meni ham aynan Hasanov rahbariyatga tavsiya qilgan.

- Jamoangiz oldiga bu yil jiddiy vazifa qo'yilgan bo'lsada, masuliyatli vazifani o'z zimmangizga olishga nima turtki berdi?
- Eng asosiysi o'shandayoq ahil bir jamoaga kelayotganimni tushunib etganman. Etibor bersangiz, tarkibimizda “Bunyodkor”ning sobiq o'yinchilari ko'p. Ularning ko'pi ilgari birga o'ynashgan. Bu esa ajoyib muhit va jamoaviy o'yinni shakllanishida muhim o'rin tutdi. To'g'ri aytdingiz, “Obod”ning maqsadi kuchlilar safiga chiqish edi. Bu juda ham murakkab vazifa sanalsada, sira cho'chiganim yo'q. CHunki rahbariyat tomonidan ham sezilarli ravishda qo'llab-quvvatlash bo'ldi. Bu esa ishga bo'lgan mehr va ishonchni oshirdi.

- Darhaqiqat, “Obod” haqida gap ketganida ko'pchilik jamoaning asosiy kuchi bu – ahilligida ekanligini takidladi. Buni qay tariqa amalga oshirdinglar?
- Tarkibdagi yigitlarning o'rtacha yoshi 25-26 ekanligini aytish lozim. Yuqorida takidlaganimdek, ko'pchiligi “Bunyodkor”da tarbiya topgan. Bir-birini tushunish va ularga nima istayotganiningni etkazish qiyin emas. Aksincha yigitlarning o'zlari ham bir maqsad yo'lida yakdil jamoaga aylandi. Yakunda esa o'z niyatimizga etdik.

- Mavsum davomida ustozlaringizdan ham kerakli ko'rsatmalarni olib turgan bo'lsangiz kerak?
- Albatta. Vaqti kelsa uyalmasdan bilmagan narsalarimizni o'zimiz tarbiya topgan murabbiylardan so'rab, qiziqdik. “Bunyodkor”dagi malakali mutaxassislar Sergey Lushan, Hikmat Ergashev, Muhiddin Ortiqov kabi ustozlardan kerakli ko'rsatmalarni olib turdik. Ularga ham o'z navbatida minnatdorchilik bildirib qolamiz.

- “Obod” bilan oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdingiz. Aytingchi mavsum davomida ko'nglingiz to'lmagan jihatlar ham bo'ldimi?
- Juda oz. Deyarli yo'q desa ham bo'ladi. Eng asosiysi rahbariyat biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman.

- Kuchlilar safiga chiqish yo'lida asosiy raqibga aylangan “Oq-tepa” bilan chempionatning so'nggi turiga qadar kurash olib bordinglar?
- Ha. “Oq-tepa” jamoasi haqida ilik fikrlarni bildirishim mumkin. Juda yaxshi klub. Tarkibda ham mahoratli o'yinchilar jamlangan. Ularga qarshi kechgan ikki o'yinimiz ham biz uchun juda qiyin bo'ldi.



- Etiborlisi bu jamoaga qarshi kechgan har ikki uchrashuvda ham “Obod” imkoniyatni boy berdi. SHundan so'ng elitaga chiqish uchun sizlarda qandaydir umidsizlik paydo bo'lmadimi?
- Har qanday mag'lubiyat kishini ruhan cho'ktiradi. Ayniqsa mana shunday asosiy raqobatchingizga qarshi kechgan uchrashuvlarda imkoniyatni boy bersangiz. Tan olish kerak, “Oq-tepa” bilan o'yinlardan keyin futbolchilarda ruhan pasayish kuzatildi. Ammo rahbariyat bizni oxirigacha qo'llab-quvvatladi va o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmaslikni uqtirdi. SHuningdek yana bir narsani alohida aytib o'tishni istardimki, bizda jamoaning ertangi kuniga bo'lgan ishonch bor edi.

- Vazifa bajarilishida Doniyor Hasanovdan tashqari yana ayrim etakchi o'yinchilarni ham hissasi katta bo'ldi. Fikrimizga siz ham qo'shilsangiz kerak?
- Albatta. Sanjar To'raqulov, Arayk Boboev, Kamoliddin Tojiboev, SHerzod Jalilov, Alisher Azizov kabi jamoamizning mahoratli futbolchilari butun mavsum mobaynida katta yordam berdi. SHuningdek iqtidorli o'yinchilarimiz bo'lgan SHoxruz Norxonov, Sanjar Qodirqulov, Javlon Iskandarov, Sunnat Abdullajonov hamda Obid Hakimovning ko'magi ham sezilarli bo'ldi.

- Murabbiy sifatida bu yil qanchalik o'sishga erishdim deb hisoblaysiz?
- Bilmagan narsalarimni tushunib etdim. Hozir yoshman va oldinda o'rganadiganlarim ko'p. Birinchi ligada ishlayotgan mendan kerak bo'lsa o'n barobar kuchli bo'lgan murabbiylarga qarshi o'ynab, ko'pincha g'alaba qozondik va bazida mag'lub bo'ldik. Bu juda yoqimli bo'ldi.

- Mavsum mobaynida qaysi jamoalarning futbolchilari sizda yaxshi taassurot qoldirdi? Yoxud agar imkoni bo'lsa kelasi yil qaysi o'yinchilarni “Obod”da ko'rishni istagan bo'lardingiz?
- Etiborimizni tortgan futbolchilar ko'p bo'ldi. Lekin hozir ularni sizga nomma-nom aytib berishim qiyin. “Oq-tepa”, “Xorazm” va “UzDongJu” klublarida yaxshi o'yinchilar borligiga guvoh bo'ldik. Kimlarni taklif etilishi borasida hozircha aniq bir nima deyishim qiyin.

- “Obod” kelgusi yil elitada ishtirokini boshlaydi. Murabbiylar shtabida ham o'zgarishlar bo'ladimi? Bu borada ham qandaydir o'ziga xos transferlar amalga oshirilsa kerak?
- Mavsum endigina poyoniga etdi. Hozircha rahbariyat bilan uchrashib kelgusi rejalar haqida bafurja suhbatlashib olganimiz yo'q.


- O'zingizning jamoadagi kelajagingiz to'g'risida nima deysiz?
- Aytib o'tganimdek, hozircha hech narsa aniq emas. O'zimga qolsa yana jamoadagi faoliyatimni davom ettirgan bo'lardim.

- Murabbiylik licenziyasiga o'qish yaqin oradagi rejalaringizdan o'rin olganmi?
- Yaqinda “S” murabbiylik licenziyasi uchun tahsil oldim. Lekin imtihondan o'tdimmi yo'qmi bu haqda aniq javobni kutyapman. Nasib qilsa bosqichma-bosqich “V”, “A” va “Pro” murabbiylik licenziyalari uchun ham o'qib boraman.

- Yaqin orada elitada ham bosh murabbiy sifatida ishlashni istaysizmi?
- Yo'q. Hozircha bu darajada emasman. Ko'proq o'qib, o'rganishim kerak. Lekin har bir murabbiy kabi vaqti kelib oliy ligada ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritishni xohlayman. Umid qilamanki bu ham amalga oshadi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика