"Obod" futbolchilari penaltidan gol ura olishmaydimi?
11 iyu 2016 14:55
Yangiliklar
"Obod" futbolchilari penaltidan gol ura olishmaydimi?
Bu o'yinda "Mashal" 5:0 hisobida zafar quchdi. Gap bunda emas. Etiborli tomoni oliy liga debyutanti bo'lgan "Obod" klubining ikki futbolchisi penaltidan gol ura olishmadi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Sanjar To'raqulovning 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbasini "Mashal" posboni Javohir Ilyosov qaytarishga erishdi. 82-daqiqada belgilangan penaltini SHerzod Jalilov amalga oshirdi. Biroq bu zarba noaniq ketdi.
Qizig'i "Obod" futbolchisi 9-turda "Neftchi"ga qarshi bahsda ham penaltidan gol ura olmagandi. O'shanda Pavel Solominning "nuqta"dan yo'llagan zarbasini posbon qaytarib qolgandi.
SHunday qilib, 3 marta penalti tepish huquqiga ega bo'lgan toshkentliklar ularning hech biridan foydalana olishmadi.
Malumot uchun, "Obod" darvozasiga 5 marta penalti belgilangan va ularning 4tasi gol bilan tugagan.

Sanjar To'raqulovning zarbasi

SHerzod Jalilovning zarbasi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar