

Rauf Inileev jamoasining raqibi Samarqandning “Dinamo” klubi bo'ladi. Uchrashuv “Obod”ning sun'iy qoplamali maydonida soat 15:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, “Obod” o'tgan yili ilk bor kuchlilar safida qatnashishiga qaramay, oliy ligadagi o'rnini saqlab qolgandi. “Dinamo” esa 1-liga chempioni sifatida elita yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.


