So’nggi yangiliklar

20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  1 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  1 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7

Oblayor Rasulov: “Taqdirimga bitilgan mo'jiza” Yangiliklar

Oblayor Rasulov: “Taqdirimga bitilgan mo'jiza”

Yana bir futbol mavsumi ortda qoldi. G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi 2014 yilni muvaffaqiyatli o'tkazib, qisqa tanaffusdan keyin yana Oliy ligaga qaytdi.
Qo'lga kiritilgan ushbu yutuqda klub Bosh direktori Oblayor Rasulov rahbarligidagi “SHo'rtan” jamoasi va uning butun bir ishchi-xodimlari, qolaversa fidoyi muxlislarning xizmatlari katta bo'ldi. SHu munosabat bilan biz Oblayor aka bilan mavsum yakunlari, yil davomida olib borilgan ishlar, amalga oshirilgan rejalar, navbatdagi maqsadlar va albatta, mamlakatimiz futbolining muhim jabhalariga bir nazar tashlash masalalalari bo'yicha suhbatlashdik. O'z o'rnida bugungi suhbatimiz qahramonining futbol, deb atalmish millionlar o'yiniga bo'lgan dunyo qarashi, shaxsiy fikr mulohazalari borasida ham to'xtaldik. 

Aslida, ushbu suhbatimizni 2014 yilgi mavsum arafasida, hali “SHo'rtan” jamoasi birinchilik o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan mahalda o'tkazishni ko'zlagandik. Lekin O.Rasulov kamtarlik bilan “Yigitlar hali jo'yali biror mavzuda gaplashishga asos yo'q, deb o'ylayman. Negaki, oldin mavsum boshlansin. Oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishaylik. Muxlislarni xursand qilaylik. SHundan so'ng, bafurja bir piyola choy ustida suhbat qursak arziydi”, - degan edi. Mana endi “G'alvirni suvdan ko'taradigan”, o'tgan mavsumni sarhisob qiladigan vaqt keldi.

-   Oblayor aka, bilamizki, “SHo'rtan” jamoasi Siz uchun begona emas. Klubda bundan avval ham ishlagansiz. Ikkinchi bor qadrdon jamoangizga kelishingiz oson paytga to'g'ri kelmadi. Birinchi ligaga tushib ketgan “SHo'rtan”ni yana o'z mavqeiga qaytarish uchun ishni nimalardan boshladingiz?
-   Toshkent Politexnika institutini tamomlagach, ish faoliyatimni men uchun qadrdon bo'lib qolgan “SHo'rtanneftgaz” USHKda mehnatni muhofaz qilish bo'limida oddiy muxandislikdan boshladim va shu bo'lim boshlig'i, keyinchalik esa bosh muxandis muovini lavozimlarigacha ko'tarildim. 17 yildan ortiqroq bo'lgan mehnat faoliyatim, qolaversa futbol, deb atalmish jozibali o'yinga nisbatan mehr va qiziqishim zoe ketmadi. O'ylaymanki, aynan mana shu jihatlarim rahbariyat nigohidan chetda qolmadi. Va men dastlab, 2005 yilning may oydan 2007 yilning may oyiga qadar, “SHo'rtan” futbol klubi boshqaruvida ishladim. Endigina mamlakat Oliy ligasiga yo'l olgan jamoani oyoqqa turishida, uning tetapoya bo'lishi va o'zbek futbolida o'z o'rnini topishida  kamtarona mehnatlarim singanidan xursandman.

2013 yilning aprel oyida ikkinchi bor jamoani qabul qilib oldim. Yuqorida aytilganidek, o'sha yilgi mavsum haqiqatdan ham “SHo'rtan” uchun oson kechmadi. Pirovardida jamoa Oliy ligani tark etdi. Lekin biz bundan fojea yasaganimiz, qo'l qovushtirib o'tirganimiz yo'q. Bu sport – g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Hayot esa davom etadi. Tezlik bilan vaqtni g'animat bilib, oldimizga aniq va yagona maqsad – Oliy ligaga qaytish vazifasini qo'ydik. Eng shimarib, qattiq ishga kirishdik. Barcha tashkiliy ishlar va tayyorgarlik jarayonlarini Oliy liga darajasida o'tkazdik. Buning samarasini mana hamma ko'rib turibdi.



-   Bosh murabbiylikka Muxtor Qurbonov nomzodi tasdiqlandi. Uning qaysi xislatlarini qadrlaysiz?
-   Qurbonov to'g'risida ortiqcha gapirib o'tirishga hojat yo'q. Uning o'z davrida qanday futbolchi bo'lganligi, qaysi terma jamoalarimiz va klublarimizda faoliyat ko'rsatganligi, qolaversa futbolimiz ravnaqiga nechog'li katta hissa qo'shganligini barcha birdek yaxshi biladi. Uni futbol o'ynab yurgan kezlaridan bilaman. Maydonda g'ayrat va shijoati, futbolni ilmiy darajada tushunishi bilan ajralib turardi. Murabbiylik faoliyatida esa iqtidorli yoshlarning salohiyatini yaxshi biladi va ularga keng imkoniyat beradi. Ishonchim komil, Muxtor Qurbonov yaqin orada mamlakatimizning eng kuchli va  tajribali futbol mutaxassislaridan biriga aylanadi.

-   Demak, so'zlaringizdan angladikki, keyingi yilda ham “SHo'rtan” bosh murabbiyligi Qurbonovga ishonib topshiriladi?
-   SHubhasiz.  

-   Birinchi ligida yakunlangan mavsum qanday kechdi?
-   O'yinlarni ikki mintaqaga bo'lib o'tkazish tizimi o'zini oqlamaydi. Masalan bu yilgi mavsum davomida “G'arb”dan ko'ra, “SHarq” mintaqasi vakillari ancha kuchli ekanligi bilindi. Ligada  tenglik darajasini saqlab qolish uchun eng yaxshi va munosib 18ta jamoani saralab, bosqichlardan holi chempionat o'tkazilishi kerak.

-   Ko'pchilik  o'yinlar ikki mintaqada o'tkazilishi iqtisodiy tarafdan qulay, muammolar kamroq bo'ladi, deyishmoqdaku.
-   Birinchi ligada ishtirok etishni astoydil xohlaydigan jamoa har qanday muammoning ham, moliyaviy masalalar echimini ham topadi. 

-   Jamoangiz keyingi yili Oliy ligada ishtirokini davom ettiradi. Bu liga musobaqalarining o'tkazilish tartibi ham  Sizni befarq qoldirmasligi aniq.
-   Jamoalar soni 16ta bo'lishi eng maqbul variant edi. Negaki, ichki chempionatimiz saviyasini ko'tarish va milliy terma     jamoamizga munosib nomzodlarni tayyorlash uchun o'yinlar sonini ko'paytirish zarur. Axir barchamizning maqsadimiz yaxshi saviyali, etuk futbolchilarni tayyorlash, milliy terma jamoamiz nufuzini oshirish, Jahon chempionatiga chiqish va unda munosib ishtirok etgan holda Respublikamiz xalqini xursand qilish, muxlislar hurmatiga sazovor bo'lishku. SHu nuqtai nazaridan olib qaraganda Oliy liga ishtirokchilari sonini ko'paytirish masalasi bo'yicha yaqinda qabul qilingan qaror ayni muddao bo'ldi.  

-   Futbol musobaqalarini hakamlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu boradagi fikrlaringiz?
-   O'zbekistonda hakamlik darajasi dunyoning eng etakchi, rivojlangan futbol mamalakatlaridagi kabi va hattoki,  qaysidir jihatlari bilan ulardan oldinlab ham ketdi, desam hech mubolag'a bo'lmaydi. Buni nafaqat biz, balki butun dunyo futbol hamjamiyati Jahon chempionatlari final qismida eng ko'p hakamlik qilgan Ravshan Ermatov timsolida ko'rib, guvohi bo'lishdi. O'zbekistonliklar hozirda Jahonning eng saralangan hakamlari kuchli uchligiga kirib turibdi. Eng avvalo Hukumatimiz va O'zbekiston futbol federaciyasi rahbariyatining katta etibori, shu soha mutaxassislari tomonidan hakamlik ishlari – o'qitish, tayyorlash, shu sohaga qiziqqan istedodli yoshlarni tanlab olish masalalari tug'ri yo'lga qo'yilganligi ushbu muvaffaqiyatlarimizga bosh omil bo'lmoqda.

-   Bolalar futboli va uning futbol rivojidagi o'rni haqida
-   Futbolni rivojlantirishning asosiy negizida birinchi navbatda bolalar futbol maktablari ish faoliyatini yuqori darajaga ko'tarish shart. Negaki, bo'lajak yulduzlarni tarbiyalab, kamolga etkazadigan maskan aynan futbol maktablari bo'ladi. Yoshi ulug' futbol muxlislari o'tgan asrning 80-yillaridan keyin Ispaniya va Italiya davlatlarida qanday ko'tarilish yuz berganligini yaxshi bilishadi. Mana hozirgacha buning samarasidan butun dunyo futbol ahli bahraman bo'lib kelmoqda. SHukrki, mustaqillik yillarida O'zbekistonda ham bolalar futboliga etibor kuchaydi. Yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tufayli biz ham jahon futbol maktablari tajribasidan xabardormiz va ular qatoriga chiqishga dadil qadamlar tashladik.

-   “SHo'rtan” mamlakatimiz futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalardan biri sanaladi. SHunday ekan yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari  ham yuqori saviyada tashkillashtirilishiga shubha qilmasak ham bo'ladi, to'g'rimi?
-   Albatta, biz “SHo'rtan” jamoamizning obro'si va mavqeini mustahkam bo'lishi uchun juda katta rejalarni amalga oshirishni ko'zda tutganmiz. Lekin buni hozircha oshkor qilmaymiz. Hammasini vaqt asta-sekin ko'rsataveradi.

-    Murabbiylar guruhi va futbolchilar tarkibida ham o'zgarishlar kutiladimi?

-   Bu ham tayyorgarlik rejamizning ajralmas qismi. SHuning  uchun hozir biror bir gap aytmaganim maqul. Yuqorida aytganimdek bu – vaqt masalasi bilan bog'liq.
Tarkib borasida esa qisqa va lo'nda qilib shuni aytishim mumkin: biz asosan yoshlarga tayangan holda jamoa tuzamiz va imkon boricha voha futbolchilari xizmatidan foydalanishga harakat qilamiz. Bu bizga ham iqtisodiy, ham manaviy tomondan maqul keladi.



-   Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, katta maqsad va rejalarni tuzayotgan “SHo'rtan” tarkibiga legionerlar ham taklif qilinadimi?
-   Legioner futbolchining jamoada bo'lish yoki bo'lmasligini inkor etmayman. Ammo bu masala vaziyat taqqozosi, talab, imkoniyat va sharoitlardan kelib chiqqan holda hal etiladi.

-   O'zi umuman olganda legioner futbolchi qanday bo'lishi kerak?

-   Agarda horijdan taklif etiladigan futbolchi mahalliy yigitlarimiz bilan saviya borasida teng bo'lsa, bunga  qarshiman. Legioner qaysidir bir jihatlari bilan bo'lsa-da,  u bizning futbolchilarimizga o'rnak ko'rsata olishi va ustunlik qilishi shart. O'shandagina biz legionerlarga  ko'proq maosh to'lashimiz va jamoalarimizning ligada, qolaversa xalqaro musobaqalarda yaxshi qatnashishida ularning ko'magini aniq ko'rishimiz mumkin bo'ladi.  

-   Futbolga oshno tutingan insonlardan birisiz. Bu o'yinga qanday tarif bergan bo'lardingiz?
-   Bir so'z bilan aytadigan bo'lsam, futbol bu – mo'jiza. Agar u mo'jiza bo'lmaganida edi, er yuzidagi 7 milliardga yaqin odamlarni o'ziga rom etmasdi. CHuqurroq o'ylab qarasangiz uning mo'jizaligini isbotlab beruvchi juda ko'p misollar bor. Mening hayotimda quyidagi uchta voqea bir umr xotiramda muhrlanib qolgan:
- “Bavariya” – “MYU” jamoalari o'rtasida Madridda o'tgan dramatik uchrashuvni eslang. “Ko'hna qita” klublarining eng nufuzli turniri hal qiluvchi uchrashuvida g'alaba qozonayotgan nemislar jamoasi so'ngi daqiqalarda alamli tarzda mag'lub bo'lishdi. Bunday bo'lishini kim o'ylabdi, deysiz?

- 1986 yilgi jahon chempionatini yodga olganimizda beixtiyor ko'z oldimizda Argentina va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv gavdalanadi. Futbol paydo bo'libdik, u qo'l bilan o'ynalmaydi. Lekin o'sha olis Meksikadagi turnirda mashhur Diego Maradona FIFA hakamlarini lol qoldirib,  qo'li bilan gol urdi. Buni mana-man, degan mutaxassislar ham anglay olmay, futbol mo'jizasi oldida ojizlik qilishdi, to'g'rimi?
- Uzoqqa bormaylik. Yaqindagina o'z yakuniga etgan Braziliya “Mundiali”da kim o'ylabdi yoki bashorat qilgan ediki, mezbonlarning Germaniya terma jamoasidan shunday yirik hisobda mag'lub bo'lishini.

-   Adashmasak, futbol bilan bolaligingizdan oshnosiz va hozirga qadar o'zingiz aytaganingizdek, mana shu mo'jizakor o'yin bilan hamnafas bo'lib kelmoqdasiz. Aytingchi, o'z hayotingiz davomida ham mana shu mo'jiza Sizga o'z tuhfasini hadya etganmi?
-   Albatta. Esimni tanibmanki, futbol bilan yashayapman. Hamma bolalar kabi mahalla, ko'cha kuyda to'p izidan ertadan kechgacha yugurib yurardik. Bizning davrimizda hozirgidek sharoitlar yoki futbol to'plari qayoqda edi. Rezina koptoklar biz uchun tengsiz hisoblanardi. Bo'lganda ham eng kamyob mollardan biri edi. Rahmatli otam futbolni sevishimni bilib, menga albatta, o'sha koptokdan topib kelardilar. Olib kelganda ham biznikida zaxirasi bilan besh olti bo'lardi. Bazida futbolga shu qadar mehr qo'yganimizdan, charchab dala-dashtda rezina koptoklarni quchoqlab yoki boshimizni tagiga qo'yib uxlab qolardik...



-   Bu holat keyinchalik katta futbolda faoliyat ko'rsatishingizga ham turtki bo'lganmi?
-   Professional darajada bo'lmasa-da, talabalik davrimda institut terma jamoasida futbol o'ynadim. Oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tadigan o'ynlar o'ziga xos shiddatli va yoshlik davrimizga mos tarzda keskin, qiziqarli kurashlarga boy o'tardi. Hali ham yodimdan chiqmaydi o'z davrining taniqli futbolchisi bo'lgan, hozirda milliy terma jamoamizning etakchisi Vitaliy Denisovning otasi Gennadiy Denisov bilan maydonda ko'p bora bir-birimizga ro'baro' kelganmiz. U himoyada men esa hujumda o'ynaganmiz.
Tan olish kerak, metin himoyachi edi, lekin gol urishga baribir imkon topar edim. Bir vaqtning o'zida ikkinchi liga musobaqasida ishtirok etadigan Toshkent viloyatining “Keles” jamoasida ham o'ynardim.

-   Mehnat faoliyatingizni deyarli bir joyda - “SHo'rtanneftgaz” USHKda o'tkazib kelgan ekansiz.
-   Bu erda ham ish jarayoni bilan bir vaqtning o'zida futbolga bo'lgan qiziqishimni hayotga tatbiq qilishga harakat qildim. Ish boshlaganimdan so'ng, ko'p o'tmay tashkilotimiz qoshida sog'lomlashtirish guruhi jamoasini tuzdim. Mana oradan o'tgan qariyb 25 yil ichida futbol bo'yicha muntazam ravishda korxona ichki chempionati o'tkazib kelinadi.

-   Farzandlaringiz ham Sizning izingizdan borib, futbol sohasida faoliyat ko'rsatishar ekan.
-   Futbol mo'jizasi oilamni ham chetlab o'tmagan. Katta farzandim Sardor Rasulov ayni paytda mamlakat chempionati Oliy ligasida ishtirok etayotgan “Metallurg” (Bekobod) jamoasida xuddi o'zim kabi hujumchi bo'lib to'p suradi. Maydonga tushganida, ayniqsa gol urganda ota sifatida o'g'limning kamoli uchun xursand bo'laman, g'ururlanaman. Ikkinchi o'g'lim Komiljon Rasulov qatiyatliligi, iroda va haqiqatga bo'lgan kuchli moyilligi sabab, futbol hakamligini tanladi. 2014 yili O'zbekiston birinchiligi bahslarida faoliyat ko'rsatishni boshladi.

-   Ularning futbolni tanlashida Sizning nechog'li tasiringiz bo'lgan?
-   Bilasizmi, yoshlikda hamma futbolga qiziqadi. Lekin asta-sekin bolalar ulg'aya borgach, haqiqatda kimning futbolchi sifatida istedodi kuchli bo'lsagina yoki diliga Yaratganning o'zi nazar solsagina shu yo'ldan ketadi. Bu bilan nima demoqchiman, o'g'illarimning ikkisini ham futbol sohasiga majburlab etaklab kelmaganman. Nimagaki, erishgan va erishayotgan bo'lishsa, bularning hammasi istedodi, iqtidori, o'z intilishi va albatta, mehnatlari bilan evaziga bo'lyapti.



-   Hayotingizda futbol bilan bog'liq unutilmas voqealar ko'p bo'lganligi shubhasiz. SHulardan eng esda qolarlisi?
-   Jahonning eng kuchli darvozaboni, deb tan olingan Lev Yashinning futbol to'g'risida “Lyubite futbol, futbol delaet lyudey dobrymi i blagorodnymi” va “Futbol slujit miru i drujby narodov”, degan ikkita mashhur iborasi bor. Bir so'z bilan aytganda, haqiqatdan ham futbol insonlarga faqat va faqat  yaxshilik, xursandchilik, quvonch olib keladi. Garchi professional futbolchi bo'lmasam-da, 1997 yili o'zim o'sib ulg'aygan “Ko'kdala” qishlog'imizning “Oltin Boshoq” jamoasi bilan “SHo'rtan” futbol klubi o'rtasida kaminaning sharafi  uchun  xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi. Ikkita golga o'zim mualliflik qildim. O'yinda 2:2 hisobi qayd etilib turgan bir payda, o'rnimga katta o'g'lim, hozirda “Metallurg” safida to'p surayotgan 8 yoshli Sardor tushdi va uchinchi golni darvozaga kiritdi. Mana shu mening katta futboldan olgan quvonchim, baxtim. O'shanda men “Futbol – taqdirimga bitilgan mo'jiza” ekanligiga amin bo'lganman va bundan Yaratganga shukronalar aytganman.

-   Futboldan tashqari yana nimalarga qiziqasiz?
-   Sanatga, o'zbek klassik ashulachiliga qiziqaman. SHuning uchun ham ikkinchi o'g'limning ismini Xorazm sanatiga hurmat manosida Komiljon, deb qo'yganman. Uning o'g'liga esa Mamurjon, deb ism qo'ydim. Bu bilan Xorazm-Farg'ona-Toshkent ashulachilik yo'nalishlarini bog'lab qo'ydim. Bundan tashqari badiiy adabiyotga ham hurmatim baland. Bilasizmi, yozuvchi o'z asarida albatta, o'quvchiga qandaydir bir hayotiy yo'l-yo'riq, ruhiy va manaviy falsafa taqdim etadi. Har bir o'qilgan kitob bejiz ketmaydi. SHuning uchun o'zim ham, farzandlarim ham kitob o'qish masalasiga yaxshi nazar bilan qaraymiz.  

-   O'quvchilarimizga tilaklaringiz.
-   Mamlakatimizda yashaydigan har bitta oilada kamida bittadan va undan ko'proq sportchi voyaga etsin. Yurtimizda yashayotgan har bir insonning niyati yaxshilikka qaratilishini tilab qolaman. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch bo'lsin, O'zbekiston mamlakatimiz gullab yashnayversin.

Tolibjon QOSIMOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика