Oblak: "Liverpul" - haqli ravishda favorit, ammo..."
18 fev 2020 10:20
Yangiliklar
Oblak: "Liverpul" - haqli ravishda favorit, ammo..."
"Hech qanday shubha yo'qki, Alisson dunyoning eng yaxshilaridan biri. Uni o'tgan yili eng yaxshi darvozabon deb topishdi va bu bilan uni tabriklayman. Umid qilamizki, biz bu o'yinda yaxshi harakat qilamiz va uni bezovta qilamiz.
"Liverpul" - bir yildan beri yutqazmayotgan jamoa. Ular haqli raqishda favoritlar, ammo bu degani biz taslim bo'lamiz va ularga xohlaganlarini qilishlariga imkon beramiz degani emas. Biz ikkinchi o'yin oldidan imkoniyatni saqlab qolish uchun mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazmoqchimiz.
Raqib safida har bir poziciyada ajoyib o'yinchilar bor. Biz ularning faqatgina uchta hujumchisini emas, balki hammasini erkin o'ynashga qo'ymasligimiz kerak", - deydi Oblak.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko"ga "Liverpul"ga qarshi o'yinda Joau Feliks, Kiran Tripper va Ektor Erreralar jarohatlari tufayli yordam bera olishmaydi.
Atletico Madrid Saul Niguez - 4' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 19/02/2020, 00:00 0
:
1
Tugadi
|
Liverpool |
Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 67443 tomoshabin
Bosh hakam: Szymon Marciniak
Fikrlar