Oblak "Atletiko" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi
30 mar 2019 12:14
Yangiliklar


Oblak "Atletiko" bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak yangi shartnoma bo'yicha Madrid klubi rahbariyati bilan kelishuvga erishdi.
Malumotlarga ko'ra, 26 yoshli sloveniyalik posbon yaqin vaqt ichida "Atletiko" bilan yangi bitim imzolaydi. Oblakning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Oblak 2014 yildan beri "Atletiko" sharafini himoya qiladi. Sloveniyalik darvozabon joriy mavsum LaLiganing 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 15ta bahsda darvozasini "quruq" saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar