Obid Jo'raboev: “Gol urib, aybimni biroz yuvganimdan xursandman”
15 apr 2022 18:13
Yangiliklar
Obid Jo'raboev: “Gol urib, aybimni biroz yuvganimdan xursandman”
O'yindan keyin buxoroliklar etakchisi Obid Jo'raboev fikrlariga quloq tutdik.
“O'yin tengma-teng kechdi. Bahs boshida to'pni ko'proq egallab turishga intildik. Bu bizga foyda keltirdi. Lekin aynan mening xatoim bilan darvozamizga penalti belgilandi. Raqib esa bundan unumli foydalanib ketdi. Biz hisobda ortda qolayotgan bo'lsakda, muvozanatni tiklashga urindik. “Metallurg” ham yaxshi o'ynadi. Tarkibida iqtidorli yoshlar ko'pchilikni tashkil qiladi. O'ylashimcha, natija o'yinga mos bo'ldi.
Hozirda keyingi bosqichga yo'llanma olish imkoniyatimiz bor. Ayni vaqtda “Surxon” va “Bunyodkor”da 3 ochkodan bor. Hali keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz saqlanib qolgan. Buning uchun “Bunyodkor” bilan kechadigan Toshkentdagi bahsda muvaffaqiyat qozonishimiz talab etiladi. Agarda buni bajara olsak, imkoniyat bo'ladi.
Yuqorida aytganimdek, penaltiga sababchi bo'lib qoldim. SHundan keyin biroz asabiylik bo'ldi. Negaki, men o'yin davomida bexato o'ynashga etibor qarataman. Asabiylikni tezroq unutib, oldinga intildim. Jarima zarbasini amalga oshirishni juda istadim. Jamoadoshlarimdan buni men ijro etishni so'radim. Gol bo'lgan vaziyatda to'p raqib futbolchisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirgan bo'lsada, gol bo'lib, aybimni biroz yuvganimdan xursand bo'ldim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar