Obameyyang nega Qora pantera niqobini kiygani haqida aytib berdi
16 mar 2019 11:24
Yangiliklar


Obameyyang nega Qora pantera niqobini kiygani haqida aytib berdi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang "Renn"ga qarshi Evropa ligasi bahsida nega niqob kiygani haqida gapirib berdi.
"To'pchilar" to'purari "Renn"ga qarshi bahsda o'zining ikkinchi golini urganidan so'ng yuziga "Qora pantera" filmidagi niqobni taqib, o'sha kartinadagi qahramon harakatini takrorladi.
"Biz Gabonda o'z terma jamoamizni "Gabon panterasi" deb ataymiz. Menga o'zimni ifodalaydigan niqob kerak edi, shu sababli "Qora pantera" niqobini kiydim" - deydi Obameyyang.
FOTO Gabonlik superqahramon. Obameyyang golni yana niqobda nishonladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar