Obameyangning jag'i sindi
31 avg 2022 17:35
Yangiliklar


Obameyangning jag'i sindi
"Barselona" hujumchisi Per‑Emerik Obameyang hafta boshida uyida talonchilik sodir bo'lgan vaqtda jag' sinishidan aziyat chekkani malum bo'ldi.
Dushanba tongida o'qotar qurollar bilan qurollangan o'g'rilar to'dasi futbolchining uyiga bostirib kirgan va uning oila azolari bilan birga kishanlagan. Obameyangning uyidagi talonchilik natijasida jiddiy zarar ko'rmagani malum qilindi.
Sobiq "Arsenal" hujumchisining uyiga bostirib kirishlari oqibatida uning jag'i singan. Uning taxminan uch hafta safdan chiqqani oydinlashgach futbolchining "CHelsi"ga o'tishi so'roq ostida qolmoqda. Obameyangning jarohati vaziyatni biroz o'zgartirib yuborishi mumkin. Uning London klubiga ijara asosida yo'l olishi ehtimoli yuqori.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar