Obameyang tungi klubga borgani uchun maydonga tushirilmaydi
17 noy 2017 00:21
Yangiliklar
Obameyang tungi klubga borgani uchun maydonga tushirilmaydi
“Borussiya” Dortmund hujumchisi Per Emerik Obameyang Germaniya chempionatining 12-turini o'tkazib yuboradi.
28 yoshli gabonlik futbolchi tartib-qoidani buzgani uchun jamoasining navbatdagi o'yinida ishtirok etolmaydi.
Bild xabariga ko'ra, chempionatdagi qisqa tanaffus bois Obameyang Barselonaga safar qildi. Instagramda futbolchi va uning aka VilliningBarselonadagi tungi klublardan birida hordiq chiqarayotgani aks etgan foto tarqaldi. Suratlarda aka-ukalarning stolida shampan vinosi ham aks etgan.
Ilgariroq Obameyangni Barselonaga borishidan maqsad sobiq jamoadoshi Usmon Dembele bilan uchrashuvi haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar