Obameyang derbi oldidan "Arsenal"ga murojaat qildi
04 noy 2022 19:08
Yangiliklar


Obameyang derbi oldidan "Arsenal"ga murojaat qildi
SHu hafta oxirida Angliya Premer-ligasida "CHelsi" va "Arsenal" o'rtasidagi "London derbisi" bo'lib o'tadi.
Ushbu to'qnashuv oldidan "BT Sport" nashri anons elon qildi. Unda ayni damda "CHelsi" sharafini himoya qilayotgan hujumchi Per-Emerik Obameyang asosiy qahramon sifatida tilga olindi. Xabaringiz bor, gabonlik futbolchi ilgani "Arsenal"da o'ynagan.
"Arsenal", shaxsiy hech narsa narsa yo'q. Men qaytdim, men ko'kman, men tayyorman. Qani ketdik!", – dedi Obameyang.
"CHelsi" – "Arsenal" uchrashuvi 6 noyabr, yakshanba kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar