Obameyang Dembele "Barselona"da qolishi kerak deb hisoblaydi
11 apr 2022 12:51
Yangiliklar


Obameyang Dembele "Barselona"da qolishi kerak deb hisoblaydi
"Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyang Usmon Dembelening shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
"Usmon meni yaxshi biladi deb o'ylayman, u hujumni o'ng qanotdan boshlagan payti men doim tayyor bo'laman. U qolishi kerak. Bu nafaqat jamoa o'yiniga taaluqli, balki chempionatdagi natijaga ham", - deydi Obameyang.
Dembelening Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
24 yoshli francuz 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 10ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar