OAV vakillari diqqatiga!
10 avg 2021 19:22
Yangiliklar
OAV vakillari diqqatiga!
Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Litvada o'tadigan 2021 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi.
"Futzal terma jamoamiz 13 avgust sanasida Toshkentdagi mashg'ulotlarni yakunlab, Madrid va Portu shaharlarida o'tadigan xorijiy yig'inga yo'l oladi.
Futzalchilarimiz mazkur yig'inlar davomida Ispaniya, Portugaliya, Argentina kabi dunyoning etakchi terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi. SHundan so'ng vakillarimiz jahon chempionatida ishtirok etish uchun Litva poytaxti Vilnyus shahriga etib boradi.
Mundial safari oldidan O'FA majlislar zalida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov hamda futzalchilar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjuman 12 avgust kuni soat 14:00 da boshlanadi.
Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz", – O'FA matbuot xizmati.
Fikrlar