So’nggi yangiliklar

14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  0 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  4 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  0 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5

OAV uchun finaloldi rasmiy tadbirlar hamda akkreditaciyalash rejasi taqdim etildi Yangiliklar

OAV uchun finaloldi rasmiy tadbirlar hamda akkreditaciyalash rejasi taqdim etildi

5 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar o'rin olgan. OAV vakillari ularda bevosita ishtirok etishi mumkin.

Finaldan bir kun avval — 4 oktyabr kuni "Istiqlol" stadionida soat 16:30 da "Andijon" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov hamda jamoaning etakchi futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. 17:00 dan etiboran esa "Andijon" klubi rasmiy mashg'ulot o'tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq hisoblanadi.  

SHu kuni soat 17:30 da "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan hamda jamoaning etakchi futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. 18:15 dan etiboran esa "Navbahor" klubi rasmiy mashg'ulot o'tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq hisoblanadi.

O'zPFL “Akkreditaciya nizomi va OAV uchun mediayo'riqnoma”si asosida 2024 yilgi futbol mavsumi uchun 233 nafar jurnalist Liganing PRE akkreditaciyasiga ega chiqqan. Matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi ularning mavsum davomidagi harakatlarini kuzatib boradi. "Istiqlol" stadioni media tribunasi ularning barchasini sig'dira olmaydi. SHundan kelib chiqqan holda final bellashuvi uchun maxsus akkreditaciyalar ishlab chiqiladi va ular Liga saralab olgan jurnalistlarga 4 oktyabr kungi rasmiy tadbirlardan so'ng taqdim etiladi. SHu kunga qadar Liganing 2024 yilgi mavsumi uchun akkreditaciyasiga ega bo'lgan jurnalistlar mazkur akkreditaciyalari bilan stadionga kira olmaydi.  

Liga, shuningdek, 151 nafar fotomuxbirga PHO akkreditaciyasini taqdim etgan. Final uchrashuvida bevosita ishtirok etishni maqsad qilgan fotomuxbirga 2024 yilgi mavsum uchun olgan akkreditaciyasidan kelib chiqib, final uchun maxsus akkreditaciya taqdim etiladi. O'z faoliyatiga aloqador texnik qurilmalarga ega bo'lmagan fotomuxbir stadion texnik zonasiga qo'yilmaydi.

HB akkreditaciyasi bilan faoliyat olib borayotgan 119 nafar televidenie xodimi orasidan faqatgina “Sport” telekanali taqdim etgan ro'yxatga kiritilgan texnik guruhga final akkreditaciyasi taqdim etiladi. 

Malumot uchun, yuqorida qayd etilgan OAV xodimlaridan tashqari futbol klublarida faoliyat olib borayotgan qator mutaxassislar turli yo'nalishlardagi akkreditaciyalarga ega hisoblanadi. Final uchun Liga faqatgina "Istiqlol" stadioni xodimlariga maxsus akkreditaciya taqdim qiladi, qolgan barcha holatlarda shu kunga qadar bo'lgan akkreditaciyalar bilan stadionga kirish cheklanadi.

 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика