OAV: "Real" Ikardi atrofida sodir bo'layotgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
02 mar 2019 19:44
Yangiliklar
OAV: "Real" Ikardi atrofida sodir bo'layotgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
"Real" klubi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi atrofida sodir bo'layotgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, madridliklar argentinalikni sotib olmoqchi.
Manbaning malumotiga ko'ra, "Qirollik klubi" forvard uchun milanliklarga 40 million evro taklif qilishdi. Vaholanki, uning shartnomasidagi tovon puli 110 mln evro.
"Real" "Inter" Ikardini arzonroqqa qo'yib yuborishiga umid qilmoqda. CHunki, yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmagani sabab rahbariyat bilan kelishmovchilik yuzaga kelgan. Mauro sardorlik bog'ichidan ham maxrum qilingan va o'yin amaliyotiga ham ega bo'lmayapti.

Ikardi "Inter" tarkibida 2013 yildan beri to'p tepib keladi. SHu vaqt ichida u 210ta o'yinda 122ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar