OAV Manjukichning "Milan"da qaysi raqam ostida to'p tepishini topdi
19 jan 2021 15:10
Yangiliklar


OAV Manjukichning "Milan"da qaysi raqam ostida to'p tepishini topdi
Xorvatiyalik forvard Mario Manjukichning "Milan" uchun libosi tayyor.
Xabarlarga ko'ra, u hujumchi Kshishtof Pyontek jamoadan ketganidan so'ng bo'sh qolgan 9-raqamli libosda o'ynaydi.
34 yoshli Manjukich ayni damda erkin agent maqomida, uning so'nggi klubi "Al Duhayl" bo'lgan edi. U hozirda Milanda va klub bilan joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzishi kerak.
Oldinroq "Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli o'yinchining transferini tasdiqlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar