OAV: Malkom 2 avgust kuni "Zenit" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi
31 iyu 2019 21:00
Yangiliklar


OAV: Malkom 2 avgust kuni "Zenit" safida tibbiy ko'rikdan o'tadi
"Barselona" yarim himoyachisi Malkom "Zenit"ga o'tishga yaqin.
Braziliyalik futbolchi 2 avgust kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi, deya yozmoqda Sky Sport Italia nashri.
Avvalroq, "Barselona" o'yinchi uchun 40 million evro talab qilgandi. SHartnomada yana 5 million evro bonuslar sifatida qayd etiladi.
Xabar berilishicha, "Zenit" o'yinchiga yiliga 6,5 million evro miqdorida maosh beradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar