OAV: Gvardiola "Siti"dagi faoliyatidan so'ng "Yuventus"ni boshqarishi mumkin
24 sen 2019 20:45
Yangiliklar


OAV: Gvardiola "Siti"dagi faoliyatidan so'ng "Yuventus"ni boshqarishi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Bu haqda Athletic nashri malum qilgan. Mart oyida Gvardiola "Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved bilan uchrashgan va unga klub bosh murabbiyligi lavozimi taklif etilgan.
O'sha paytda ispaniyalik mutaxassis "Siti"dan ketmaslikni, u erdagi muhitni his qilayotgani va qadrlashini aytib o'tgan ekan.
Ammo, Pep "Siti"dan so'ng, albatta Italiyaga borishini, chunki taklif unga maqul kelganini aytib o'tgan.
Zavqlaning, orzu qiling, bizni kuzating! Ishonchli va tezkor xabarlar bizning saytda. Championat.asia doim harakatda, intilishda!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar