OAV diqqatiga: “Lokomotiv” OCHL-2019 uchun akkreditaciya jarayonini boshladi
15 fev 2019 18:34
Yangiliklar
OAV diqqatiga: “Lokomotiv” OCHL-2019 uchun akkreditaciya jarayonini boshladi
“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo CHempionlar Ligasi bahslari uchun akkreditaciyadan o'tkazish jarayonini boshlaganini malum qilamiz.
Bilasiz, O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi Osiyo CHempionlar Ligasi-2019 mavsumida “B” guruhida ishtirok etadi. “Lokomotiv”ning uy uchrashuvlarida o'yinoldi va o'yindan keyingi matbuot anjumanlari, media-tribuna, matbuot markazi, mikst-hudud hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 15 fevraldan 25 fevralga qadar qabul qilinadi.
Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Lokomotiv” PFK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditaciyadan o'tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Hujjatlar lokomedia@mail.ru elektron manzili orqali qabul qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar