OAV: Allegri MYUda Sulsherning o'rnini egallashi mumkin
16 okt 2020 11:16
Yangiliklar


OAV: Allegri MYUda Sulsherning o'rnini egallashi mumkin
"Yuventus" sobiq ustozi Massimiliano Allegri "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkin.
Manbaning keltirishicha, MYU rahbariyati qoniqarsiz natijalar sabab jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni istefoga chiqarish variantini ko'rib chiqishmoqda.
Sulsherning o'rniga asosiy davogar sifatida "Tottenxem" sobiq ustozi Maurisio Pochettino ko'rilmoqda. Lekin, "qizil iblislar" argentinalikni jalb qila olishmagan taqdirda, 53 yoshli italiyalik variantiga o'tishadi.
Eslatib o'tamiz, Allegrining oxirgi ish joyi "Yuventus" bo'lgan. U Turin klubida 2014 yildan 2019 yilgacha faoliyat olib borgan. Oldinroq, Allegrining xizmatlariga "Roma" qiziqayotgani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar