Nyuton “Trabzonspor” bosh murabbiyi etib tayinlandi
02 avg 2020 19:30
Yangiliklar
Nyuton “Trabzonspor” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Avvalroq, angliyalik mutaxassis “CHelsi”ning murabbiylar shtabida faoliyat olib borgandi.
Eddi Nyuton joriy yilning fevralida boshlab “Trabzonspor”da murabbiy yordamchisi bo'lib, keyin esa bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishladi.
Bugun esa klub matbuot xizmati 48 yoshli angliyalikning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman elon qildi.
Eslatib o'tamiz, trabzonliklar Nyuton qo'l ostida joriy mavsum Turkiya Kubogida zafar quchdi.
Fikrlar