"Nyukasl"ga AQSHdan xaridor topildi

Alisher
28 apr 2020, 10:20
Amerika media-magnati "Nyukasl"ni sotib olishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, bitim narxi 350 million funtni tashkil etadi. Bunday holatda Genri Moriss klubning egasiga aylanadi, aynan u klubni sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Nyukasl"ni saudiyaliklar sotib olishi haqida xabarlar yangragan edi, ammo Angliyada klubning ularga sotilishiga qarshi bo'lganlar ko'p.

Moriss - aeroport va tibbiy muassasalarga xizmat ko'rsatadigan televizion tarmoq platformalariga ega bo'lgan ClearTV mediakompaniyasining ijrochi direktoridir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Daily Mail