"Nyukasl" yangi darvozabonni ro'yxatdan o'tkazmoqchi
19 dek 2014 10:46
Yangiliklar

"Nyukasl" yangi darvozabonni ro'yxatdan o'tkazmoqchi
"Nyukasl" o'zining uchinchi darvozaboni Jek Olnvikdan ham ayrilgach Premer-Ligadan "Sanderlend"ga qarshi o'yindan oldin yangi posbon ro'yxatdan o'tkazish uchun ruxsat so'radi.
Oldinroq "hakkalar" asosiy posbon Tim Krul va Rob Elliotni jarohat tufayli yo'qotishgandi. So'nggi uchrashuvlarda "Nyukasl" darvozasini 21 yoshli Olnvik qo'riqladi. Biroq u ham Angliya liga kubogi doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda Jek elkasidan jarohat oldi.
SHunday qilib, yakshanba kungi "Sanderlend"ga qarshi derbi uchrashuvidan oldin "hakkalar" safida bitta darvozabon qoldi - 17 yoshli Freddi Vudman. "Nyukasl" ustozi Alan Pardyu akademiya tarbiyalanuvchisini juda jiddiy o'yinga tushirib uning ruhiyatiga tasir qilmoqchi emas.
"Premer-Liga qoidasiga ko'ra agar klubda bitta sog'lom darvozabon qolgan bo'lsa yangi posbonni ijaraga olish mumkin. Yakshanbaga qadar vaqt juda kam va biz 17 yoshli darvozabonni shunday muhim bahsda tushirmoqchi emasmiz", - deydi Pardyu Daily Mail nashriga.

Fikrlar