"Nyukasl" rad javobini olishda davom etadi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 11:55
"Nyukasl" "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisni tarkibiga qo'shib olishga harakat qildi.

Klub 25 yoshli futbolchini sotib olish uchun Neapol klubiga 40 million evro taklif qilgan. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, "Napoli" bunga rad javobini bergan.

Ushbu mavsumda Ruis A Seriyada 18 o'yinda qatnashib, 5 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal