APL. MYU bir taym o'n kishi bo'lib o'ynagan "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi
05 mar 03:20
Yangiliklar
APL. MYU bir taym o'n kishi bo'lib o'ynagan "Nyukasl"ga mag'lub bo'ldi
APL 29-tur doirasidagi "Nyukasl" - "Manchester Yunayted" o'yini bo'lib o'tdi.
O'yinning 45+1 daqiqasida mezbonlar o'yinchisi Yakob Remzi qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shunga qaramay, “Nyukasl” 45+6 daqiqada Antoni Gordonning o'n bir metrlik nuqtadan yo'llagan aniq zarbasi orqali hisobni ochdi. MYU xavbeki Kazemiro esa bunga tezda javob qaytardi. Braziliyalik futbolchi 45+9 daqiqada hisobni tenglashtirdi. “Nyukasl” o'yinchisi Villiam Osula 90-daqiqada Lammens qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi va jamoasiga uch ochko taqdim etdi.
MYU APLda 29 o'yindan so'ng 51 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinda bormoqda. Ushbu turda mag'lubiyatga uchragan “Aston Villa”da ham shuncha ochko bor. Turnir jadvalini esa 30 ta o'yinda 67 ochko jamg'argan “Arsenal” boshqarmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar