"Nyukasl" klubi "Portu" darvozaboni Iker Kasilyasga qiziqish bildirmoqda.
Angliya klubi 36 yoshli darvozabonni "ajdarlar" bilan shartnomasi yakuniga etganidan so'ng o'z tarkibiga qo'shib olishni rejalashtiryapti. Shuningdek, Iker Kasilyasga "Chikago Fayr" va "Betis" jamoalari qiziqish bildirmoqda.