Rasman: "Nyukasl" forvardi Ispaniyaga qaytdi
15 iyu 2019 23:55
Yangiliklar


Rasman: "Nyukasl" forvardi Ispaniyaga qaytdi
Nyukasl hujumchisi Xoselu yana Ispaniyaga qaytadigan bo'ldi.
Endi u «Alaves» sharafini himoya qiladi. Tomonlar 3 yillik kelishuvga erishgan.
Avvalroq, Xoselu Ispaniyaning «Real», «Selta», «Deportivo» jamoalari safida harakat qilgandi. SHuningdek, ispaniyalik futbolchi Germaniyaning «Xoffenxaym», «Ayntraxt», «Gannover»; Angliyada esa «Nyukasl»dan tashqari, «Stok Siti» klublarida ham o'ynashga ulgurdi.
Xoselu o'tgan mavsum APL doirasida 19 bahsda maydonga tushib, 3+1 ko'rsatkichni qayd etdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar