"Nyukasl" "Arsenal" himoyachisini ijaraga olmoqchi
07 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
"Nyukasl" "Arsenal" himoyachisini ijaraga olmoqchi
"Nyukasl" "Arsenal" himoyachisi Vilyam Salibani kelasi mavsum uchun ijaraga olmoqchi.
20 yoshli Saliba hali ham "Arsenal"da debyut qilmadi.
O'yinchi o'tgan mavsumning ilk qismini "kanonirlar"ning zaxira jamoasida, ikkinchi qismini esa "Nicca"da ijarada o'tkazdi.
Saliba ayni damda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning qarorini kutmoqda, u mutaxassisdan yangi mavsumda bosh jamoaning bir qismi bo'lish yoki bo'lmasligi borasida savolga javob oladi.
Fikrlar