Nyu-Yorkdagi Adidas do'konida Messining "Inter Mayami" libosidagi suratlari paydo bo'ldi
06 iyu 2023 21:13
Yangiliklar
Nyu-Yorkdagi Adidas do'konida Messining "Inter Mayami" libosidagi suratlari paydo bo'ldi
"Kelishi imkonsiz shaxs tashrif buyurmoqda", deb yozilgan do'kon oynalarida.
Lionel Messining "Inter Mayami" libosidagi ilk suratlari Nyu-Yorkdagi Adidas do'konida "Kelishi imkonsiz shaxs tashrif buyurmoqda" shiori bilan birga paydo bo'ldi.
Etti karra "Oltin to'p" sohibi PSJ bilan shartnomasi yakunlangandan keyin erkin agent sifatida AQSHga ko'chib o'tadi. Nyu-Yorkning Solo shahridagi Adidas do'konida allaqachon reklama maqsadida yangi libosdagi Leo suratidan foydalanilmoqda.


Eslatib o'tamiz, Messi Devid Bekxemga tegishli bo'lgan MLS klubidagi debyutini 21 iyul kuni "Kruz Asul"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar