N.YU: Oh, bu birinchi liga, birinchi liga...
24 fev 2014 14:12
Yangiliklar

N.YU: Oh, bu birinchi liga, birinchi liga...
Keling, avval reglamentga kichik o'zgartirish kiritamiz.
Har bir viloyat jamoasi birinchi ligadan tushib ketadimi yoki yo'q, moliyaviy imkoniyati bo'lmasdan pulkada ham qatnasha olmaydimi, istagan paytida birinchi ligada ishtirok etishni xohlasa, marhamat badal pulini to'lab musobaqada qatnashaversin. Menimcha, shunda atrofdagilarning tanqidiga to'liq nuqta qo'yiladi.
Har qanday liganing qonun-qoidasiga ko'ra, so'nggi o'rinni qo'lga kiritgan jamoa ligani tark etadi. Kuchlilar safiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan jamoa esa keyingi yil shu vazifani bajarishga harakat qiladi. SHunda liga o'z imidjini saqlab qoladi. Tushib ketsa ham, chiqa olmasa ham badal pulini to'lab ishtirokini davom ettiradigan LIGA futbol mamlakatlari ichida faqat bizda bo'lsa kerak.
Hozir PFL "Surxon"ni kutyapti, ammo nega? "O'z Dong-Ju" nima uchun birinchi ligaga qo'shildi? "Paxtakor-2" va "Orol" birinchi ligada qolish vazifasini uddalay olmagan edilar-ku. Ammo ularni bugun oliy ligaga chiquvchi jamoalar qatorida ko'rib turibmiz. “Mashal-A”-chi?
O'zi reglamentga tushunish qiyin. “SHarq” va “G'arb” mintaqalarida dastlabki 8 o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar keyingi bosqichga o'tishlari kerak edi. SHunday bo'ldi ham. Pley-offda 16ta jamoa chempionlik, yani oliy ligaga chiqish uchun kurashdilar. Sakkiztalikka kira olmaganlar esa 6ta turdan iborat turnir o'tkazdilar. Bundan maqsad, birinchi ligada qolishi kerak bo'lgan ikkita jamoani tanlab olish edi. SHunday bo'ldi ham. "Lokomotiv-BFK" va "Xotira-79" dastlabki ikki o'rinni qo'lga kiritib, quyi ligadagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Eng qizig'i keyin bo'ldi, “SHarq” va “G'arb” mintaqalarida o'zlariga kerakli natijalarni qo'lga kiritib, pley-off bosqichiga o'tgan, ammo bu bosqichda so'nggi ikki o'rinni qo'lga kiritgan ikki jamoa - "Paxtakor-2" va "Orol" pley-off bosqichiga o'ta olmagan jamoalarga qarshi bahs olib borishdi. Kuchsizlar orasida 3 hamda 4-o'rinni qo'lga kiritgan "G'allakor-Avtomobilchi" va "Zomin" klublariga qarshi bir o'yindan iborat bahsda maydonga chiqqan "Paxtakor-2" mag'lubiyatga uchradi. "Orol" esa moliyaviy qiyinchilik tufayli Toshkentga kela olmadi.
Aslida xato mana shu erda bo'ldi. "Orol" va "Paxtakor-2" ikkinchi bosqich uchun million-million pul xarajat qilib, yakunda pley-offga ham kira olmagan klubga qarshi maydonga chiqib mag'lubiyatga uchradilar.
Boshingiz achib ketdi, to'g'rimi? Lekin bizning birinchi liga shunday. PFLning ajoyib reglamenti tufayli "Paxtakor-2" va "Orol" 1-ligadan chiqib ketdilar. Bu haqda reglamentda ham yozilgan. "Surxon" esa umuman rejada yo'q jamoa. "O'z Dong-Ju" ham qaerdandir keldi. Eng qizig'i "Mashal-A" jamoasi viloyat ikkinchi ligasida kuchli uchlikka ham kira olmagan. Birinchi o'rin "Nasaf-2" qo'lga kiritgan, "Nuriston" esa ikkinchi bo'ldi. "Neftchi-Kitob" bronza sohibi bo'ldi. Yil boshida PFL, rasman birinchi liga musobaqalarida farm-klublar ishtirok etmasligini elon qilgan. Ammo etarlicha jamoa to'play olmaganligi uchun o'ylamasdan qabul qilgan qarorini bekor qildi. Hozir ham musobaqaga bitta jamoa etishmayapti. PFL esa so'nggi kungacha kutadi.
Endi bir savol tug'iladi, PFLning birinchi ligani o'tkazishidan asosiy maqsad - badal pulini yig'ib, o'z byudjetini taminlashmi? Marketing haqida yozaverib qo'llarimiz og'rib ketdi. 10ta sifatsiz jamoadan bir amallab pul undirgandan ko'ra, yaxshi bitta homiy topib 14ta jamoadan iborat zo'r birinchi ligani tashkil etsa bo'lmaydimi?
Puli bor jamoalar istagan vaqtda birinchi ligadan o'ziga joy band qila oladi. Buning uchun hech qanday sport priciplariga amal qilish shart emas. Agar sport principlariga amal qilinsa, mana shu puli bor jamoa istaydimi-yo'qmi, ikkinchi ligada qatnashadi. 2-liganing mavqeyi tushib ketganiga 10 yildan oshib bo'ldi. O'sha boyroq jamoa agar 2-ligada qatnashsa, etiborini shahar chempionatiga qaratadi va u erda ham raqobat oshadi.
Kuni kecha Farhod Magometov birinchi liga yig'ilishida klub vakillariga saytlardagi har xil narsalarni o'qimaslikka chaqirdi. SHu erda bir savol, ular qaerdan o'qishsin? Birinchi liga qaydnomasini uchrashuv nazoratchisi poezdda to Toshkentga keltirguniga qadar keyingi tur o'yinlari boshlanib qolayotgan bo'lsa...
Reglamentning uchinchi bandida qiziq (biz uchun qiziq) buyruq bor.
3.5. 1-liga ishtirokchisi kamida 3 ming nafar kishiga mo'ljallangan, yoritgich quvvati 1200 lyuksli stadionga ega bo'lishi kerak. 1200 lyuks, bu o'yinlarni kechki salqinda o'tkazish imkoniyatini beruvchi yorug'lik. Biz esa yozning chillasida tabiiy, 50 gradus issiqni stadionga yoyayotgan quyosh nuridan foydalanamiz.
3.12. Matbuot xizmati va web site (internet sayt)ga ega bo'lish lozim.
Oliy ligadan tushib ketganligi sabab bu talabga "SHo'rtan" javob bera oladi. Oliy ligada ishtirok etmagan klublar ichida, "Oq-Tepa" va "Istiqlol" klublari matbuot kotibi va internetdagi rasmiy saytlariga egalar.
QOLGANLAR-CHI???
Yana bir hangoma.
Quraga ko'ra, "Bunyodkor-2" jamoasi O'zbekiston Kubogi final bosqichida yutishda davom etaversa, 1/2 finalda "Bunyodkor"ning o'zi bilan o'ynaydi. Qiziq-a, to'g'rimi? To'g'ri, bu jamoani yarim finalga qadar borishiga hech kim ishonmaydi, ammo fakt shuki, bu erda hech qanday sport tamoyillariga amal qilinmaganligini ko'rasiz.
Davom etsam gap ko'p, lekin bo'tqa (kasha) bo'lib ketishidan cho'chidim. Bu maqolani o'qiyotgan rahbarlar, yana "kavlab"di deb qo'ya qoladi, xolos. Ishni kavlamaydigan, professional tarzda yo'lga qo'ying,shunda biz ham mazza qilib maqtaylik.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar