So’nggi yangiliklar

20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  3 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1

Nurali Sultonov: “Maqsadimiz – chempion bo'lish” Yangiliklar

Nurali Sultonov: “Maqsadimiz – chempion bo'lish”

Joriy yilda maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan “Umid nihollari” sport musobaqalarining final bosqichi Xorazm viloyatida tashkil etiladi.
Ushbu musobaqaning futbol bellashuvlarida Qashqadaryo viloyati terma jamoasi saralash bahslarni muvaffaqiyatli o'tkazib, musobaqaning final bosqichiga yo'l oldi.

Saralash bosqichida yosh futbolchilarimiz o'z guruhlarida dastlab Surxondaryo viloyati terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lishsa, ikkinchi uchrashuvda xorazmlik tengqurlarini yirik hisobda taslim etishdi.

Musobaqaning chorak finalida esa Nurali Sultonov shogirdlari Buxoro viloyati jamoasiga qarshi maydonga chiqishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, penaltilar seriyasida omad qashqadaryolik futbolchilar tomonida bo'ldi -5:4.

Endi yosh futbolchilarimiz musobaqaning Xorazmda bo'ladigan final bosqichida g'oliblik uchun kurash olib borishadi. Final bosqichida Qashqadaryo, Toshkent shahri, Farg'ona va Xorazm viloyati jamoalari yo'llanmani qo'lga kiritishgan.

Quvonarli tomoni, Qashqadaryo viloyati sharafiini himoya qilgan viloyat terma jamoasi tarkibida 14 nafar “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari to'p tepishdi.

-Maqsadimiz musobaqaning final bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashib, chempionlikni qo'lga kiritish, –deydi viloyat terma jamoasi murabbiyi Nurali Sultonov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика